O'zbekiston

Toshkent mozaikalari nufuzli xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Hozirda ular O‘zbekiston madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Toshkent mozaikalari nufuzli xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Toshkentdagi madaniy boyliklarni — mozaikalarni ularni yopib turgan reklama bannerlaridan ozod qilish bilan tanishtiruvchi “Mosaicvertising” loyihasi xalqaro eʼtirofga sazovor bo‘ldi. 

 

Sentyabr oyi o‘rtalarida Batumi shahrida (Gruziya) bo‘lib o‘tgan AdBlackSea xalqaro ijod festivalida Toshkent mozaikalari haqidagi loyiha Gran-prini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u Media nominatsiyasining Use Of Print And Outdoor bo‘limida “oltin” mukofotga sazovor bo‘ldi.

 

Bundan tashqari, Qozog‘istondagi nufuzli festivalda Toshkent mozaikalari haqidagi loyiha uchta oltin va uchta bronza mukofotini qo‘lga kiritdi.

 

Olmaotada 21-22 sentyabr kunlari o‘tkazilgan Jolbors 2024 o‘n uchinchi xalqaro reklama festivalida Toshkent roligi uchta “oltin” mukofotni: PR campaign, ESG projects va Reputation & behavioral communication nominatsiyalarida hamda uchta “bronza” mukofotni: Media campaign, PRINT & OUTDOOR va Brand Experience & Activation nominatsiyalarida qo‘lga kiritdi.

 

Shunday qilib, Toshkent mozaikalari mukofotlar soni bo‘yicha festival qahramoniga aylandi. Loyihaning barcha sovrinlarini uning rasmiy sahifasida ko‘rish mumkin.

 

Mukofotlarning bunday “yulduz yomg‘iri” mozaikalarni saqlash va ommalashtirishdan manfaatdor bo‘lgan davlat va xususiy tashkilotlar hamda jamoatchi shahar faollarining hamkorligi natijasida yuzaga keldi. Yaʼni, hamkorlik “o‘ylab topilgan” emas, balki shahar mozaikalariga bo‘lgan umumiy muhabbat missiyasi bilan bog‘liq edi.

 

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Madaniy meros agentligi tashabbusi bilan mozaikalar O‘zbekiston madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan mozaikalar haqidagi sayt animatsiya va kengaytirilgan reallik mobil ilovasi yaratildi.

 

Toshkent mozaikalarini ommalashtirish tashabbuskori, ishqiboz Fotima Abdurahmonova mozaikalarning joylashuvi va ularning mualliflari haqida maʼlumot to‘pladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"