Sport

Har turda gol urayotgan Benzema, Ronalduning rekordi va yana chempionlikni maqsad qilgan “Al-Hilol”

Saudiya Arabistoni chempionatida nima gap?

Har turda gol urayotgan Benzema, Ronalduning rekordi va yana chempionlikni maqsad qilgan “Al-Hilol”

 

Saudiya Arabistoni chempionatiga e'tibor nisbatan pasayayotgandek. Ammo, ligada hali ham ko'plab yulduz futbolchilar va taniqli murabbiylar bor. Aftidan, “Al-Hilol” o‘tgan yilgi natijani takrorlamoqchi. Oltita uchrashuvda oltita g'alaba, 18 ta gol urilgan (ligadagi eng yaxshi natija), jadvalda birinchi o'rin. Milliy terma jamoalar uchun oktabr oyidagi tanaffusdan so‘ng Saudiya Arabistoni chempioni “At-Taavun”, “Al-Nasr” va “Al-Ittifoq” jamoalari bilan kuch sinashadi. Bu raqiblarning har biri kuchli 8 talikdan joy olgan. Xorxe Jezus jamoasi jadvalda ta'qibchilaridan sezilarli farq bilan oldinga chiqib olishi mumkin. Darvoqe, “Al-Hilol” nafaqat chempionatda, balki boshqa turnirlarda ham ajoyib statistikaga erishmoqda.

 

Saudiya Arabistoni chempionatida Krishtianu Ronaldu to'purarlar poygasida to'rtinchi o'rinda bormoqda. “Al-Nasr” chempionatda hali mag‘lub bo‘lmadi (to‘rtta g‘alaba, ikki durang), ammo jamoa “Al-Hilol”dan to‘rt ochko ortda qolmoqda. Mavsum boshida klub murabbiyni almashtirdi. Stefano Pioli jamoa murabbiyiga aylandi. Hozircha italiyalik mutaxassis yaxshi ishlamoqda - barcha turnirlarda beshta o'yinda beshta g'alaba, ikkita gol o'tkazib yuborilgan. Tez orada "Al-Nasr" "Al-Shabab" (liganing to'rtinchi jamoasi) va "Al-Hilol" bilan to'qnash keladi. Yaqinda Ronaldu yana bir bor o'z nomini futbol tarixiga yozib qo'ydi. U 600 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Eng yaqin ta'qibchisi bilan oradagi farq 44 tani tashkil qiladi.

 

“Al-Ittihod” ham bu mavsumni yangi murabbiy qo'l ostida o'tkazmoqda. Avvalroq jamoani Nuno Espirito Santo va Marselo Gallardo boshqargan - ikkalasining ham Karim Benzema bilan munosabatlari yomon edi. Aftidan, hujumchi endi Loran Blan bilan til topishib olgan. Karim olti turda yettita gol urdi (ligada ikkinchi o'rinda) va o'tgan mavsumda u to'qqizta gol urgandi. Fransiyalik futbolchining o‘yini jamoasiga ajoyib g'alabalarni taqdim etmoqda. Karim har bir uchrashuvda gol urib kelmoqda. “Al-Ittihod” olti uchrashuvda beshta g‘alabaga erishdi. Faqatgina “Al-Hilol”ga imkoniyatni boy berdi. Qolaversa, Jidda jamoasi Chempionlar ligasida ishtirok etmaydi, shuningdek jamoada top futbolchilar kam.

 

"Ash-Shabab" tanaffusga jadvalda to'rtinchi o'rinni egallagan holda yo'l oldi. Jamoaning tarkibida Yevropaning top-ligalarida o‘ynagan tajribali futbolchilar (Yannik Karrasko, Jakomo Bonaventura) bor. Olti tur yakunlariga ko'ra, jamoa atigi beshta gol urdi va uchta gol o'tkazib yubordi.

 

Bu mavsumdan Oliy liga ishtirokchisiga aylangan “Al-Qodisiya” ayni damda oltinchi o‘rinda bormoqda. Mavsum boshlanishidan oldin jamoa o'z tarkibini Belgiya terma jamoasi darvozaboni Koen Kastels, "Real"ning sobiq sardori Nacho Fernandes va to'purar Per-Emerik Obameyang bilan kuchaytirdi. “Al-Qodisiya” turnirni ikkita g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa-da, keyingi o'yinlarda omadsizlikka uchradi.

 

Tarkibida Frank Kessier, Riyod Mahrez, Roberto Firmino va Ivan Toney bo'lgan “Al Ahli” ham biroz muvaffaqiyatsizlikka duch kelmoqda. Olti uchrashuvda uchta mag'lubiyat, Saudiya Arabistoni chempionati jadvalida 10-o'rin. "Al-Ahli"ning safardagi yomon statistikasi e'tiborga molik - uchta o'yinda bir ochko.

 

Stiven Jerrard boshchiligidagi “Al-Ittifoq” hozircha turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. Boshqa tomondan, jadvaldagi jamoalar shunday zich joylashganki, ikkinchi o'rindan farq besh ochkoni tashkil etadi. Gollarning yarmidan ko‘pi (uchtasi) avvalroq “Lion”, “Atletiko” va “Seltik” klublarida to‘p surgan hujumchi Mussa Dembele hisobiga yozilgan.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"