O'zbekiston

Prezident Toshkent tumanidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Davlat rahbari tadbirkorlarning kambag‘al oila vakillarini ishga olishini rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Prezident Toshkent tumanidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining rivoji, aholi hayoti va yangi loyihalar bilan tanishmoqda. Davlatimiz rahbari dastlab Toshkent tumaniga tashrif buyurdi.

 

Ilgari bu yerning markazi yo‘q edi. Keles yo‘li ko‘chasi bo‘ylab yangi bino va majmualar qad ko‘targach, hududning qiyofasi tamoman o‘zgardi. Xususan, ushbu bosh ko‘cha kengaytirilgan holda qayta qurildi. Uning ikki tarafida Davlat xizmatlari markazi, Yoshlar markazi, madaniyat saroyi, amfiteatr, universal sport majmuasi, xotira maydoni va sayilgoh kabi ko‘rkam inshootlar barpo etildi. 

 

Eski, pastqam uylar o‘rnida 41 ta ko‘p qavatli turar joy qurildi. Endi ulardagi 2 ming 536 ta xonadonda 11 mingdan ziyod aholi yashaydi. Bu uylarning yerto‘la va birinchi qavatida savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy va moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 270 ta shoxobcha tashkil qilinmoqda. Ularda 1 ming 350 kishi, jumladan, shu yerlik yoshlar va ayollar ishli bo‘ladi. 

 

Davlatimiz rahbari ushbu bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

 

Renovatsiya loyihasida ijtimoiy infratuzilmaga katta eʼtibor qaratildi. Markaziy shifoxona, tumanlararo perinatal markaz, bolalar bog‘chasi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman tarixi muzeyi ishga tushirildi. O‘zgarishlar faqat tuman markazida emas. Hududda yaqin-yaqingacha ichimlik suvi muammo edi. Osiyo taraqqiyoti banki mablag‘lari hisobidan 4 ta havza qurilib, 365 kilometr quvur tortildi. Natijada 36 ta mahalla aholisi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Oxirgi uch yilda tumanda 218 kilometr ichki yo‘llar taʼmirlanib, asfalt yotqizildi. Bunday ishlar yana davom etmoqda.

 

Shu yerda Toshkent tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan taʼminlash va kambag‘allikdan chiqarish masalalari yuzasidan mutasaddilarning hisoboti eshitildi. Joriy yilning 6 oyida tuman iqtisodiyoti 23 foiz o‘sgan. Yangi qurilishlar va ulardagi korxonalar negizida soliq manbasi ko‘paygan. Toshkent tumanida 70 ta mahalla, 62 mingta oila bor. Ahvoli og‘ir bo‘lgan 372 ta oilaga ko‘maklashish uchun masʼullar va choralar belgilangan.

 

Rejadagi loyihalar, bandlik hamda tadbirkorlik dasturlari doirasida yil yakuniga qadar 34 ming 443 ta ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

 

Prezident xonadonlardagi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, tadbirkorlarning kambag‘al oila vakillarini ishga olishini rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

- Toshkent tumani poytaxtimizning yonginasida. Bu yerda uy-joy, ishlab chiqarish, tijorat, xizmat bo‘yicha juda katta imkoniyatlar bor. Ish to‘g‘ri tashkil qilinsa, o‘zi bu tumanda kambag‘alchilik bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun iqtisodiy kompleksga, mahallalarga berayotgan imkoniyatlardan foydalanib, kambag‘allikdan farovonlik sari yurish kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Toshkent tumanida yil yakuni bilan qariyb 53 million dollar investitsiya o‘zlashtirilishi hisobiga sanoatda o‘sish surʼati 9 foiz, xizmat ko‘rsatishda 13 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Eksport hajmini 100 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Toshkent tumanidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi | Zamon.uz