O'zbekiston

Samarqandda sevgilisini o‘ldirgan erkak 17 yilga qamaldi

Hodisaga rashk sabab bo‘lgan.

Samarqandda sevgilisini o‘ldirgan erkak 17 yilga qamaldi

Samarqand viloyatida sevgilisini o‘ldirgan 28 yoshli erkak 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqida “Sukut saqlama” loyihasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 1996 yilda tug‘ilgan B.E. jabrlanuvchi R. bilan unashtirilgan. Ular 2023 yilda telegram tarmog‘ida tanishgan, tez orada ularning do‘stona yozishmalari sevgi yozishmalariga aylangan. Shundan so‘ng ular uchrashishga qaror qilgan. Oxir-oqibatda sevishganlar unashtirilgan.

 

B.E.  bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini rashk qilib, nazoratda saqlashga, doimo ko‘z o‘ngida ushlab turishga harakat qilgan. Ayol esa bundan norozi bo‘lgan.

 

Rashk ortidan kelib chiqqan doimiy janjal tufayli R. munosabatlarni buzishdan so‘z ochgan, bu esa erkakni g‘azablantirgan. Shunda erkak bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga o‘ldirish bilan tahdid qilib, jismoniy zo‘ravonlik ishlatgan va uni taʼqib qilgan.

 

Erkak qotillikka jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan. U Samarqand shahridagi «Siyob» bozoridan oshxona pichog‘i sotib olgan. 2023 yil 7 aprel kuni B.E. qizning uyiga kelgan va uni uydan uzoqroqqa olib ketgan. Erkak oldindan yashirib qo‘ygan pichoq bilan qizning qorni va son qismiga bir nechta jarohatlar yetkazgan. Ayol qochishga harakat qilganda B.E. yana-da g‘azablangan va u uning qo‘llari va bel qismiga bir necha marta pichoq sanchgan.

 

R. shifoxonaga yetib kelguncha yo‘lda vafot etgan. Jinoyat sodir etganidan keyin erkak ichki ishlar organlariga borib, qilmishiga iqror bo‘lgan.

 

Sudda B.E. o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, bu qilmishiga ayolning o‘zi aybdorligini, qo‘ng‘iroqlariga javob bermagani, unga eʼtibor bermay, uni tashlab ketmoqchi bo‘lganini aytib, jazoni yengillashtirishni so‘ragan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudi 2024 yil 13 sentyabrda B.E.ni Jinoyat kodeksining 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi, shuningdek, 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topdi va 17 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy rejimli koloniyada o‘tashga hukm qildi.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"