Jahon

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lganlarning ikki nafari yosh bola ekani ma'lum bo'ldi

Vafot etganlarning barchasi Xorazm viloyatidan ekanligi qayd etilgan.

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lganlarning ikki nafari yosh bola ekani ma'lum bo'ldi

 

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi trassada sodir bo‘lgan YTH oqibatida olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qurbonlar orasida ikki nafar bola ham bor.

 

Voqea 16-oktabr kuni sodir bo‘lgandi. Jac rusumli avtomobil chegaradan o‘tish uchun navbatda turgan yo‘l chetidagi MAN yuk mashinasi orqasiga borib urilgan. Avtomobilda jami 10 kishi bo‘lgan. 6 kishi halok bo‘lgan, qolgan to‘rt nafar yo‘lovchi Beyneu tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Jabrlanganlarning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholangan.

 

Ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan barcha fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Ular Rossiyadan O‘zbekistonga qaytayotgan bo‘lgan.

 

“Aqtaudagi bosh konsullik xodimlarimiz ularning qarindoshlari bilan bog‘lanishdi. Bugun ular Qozog‘istonga kelishadi. Yaqin kunlarda jasadlar O‘zbekistonga olib kelinadi. Shifoxonada yotgan to‘rt nafar fuqaromizning ahvoli yaxshi, deb baholanmoqda. Ular shifoxonadan chiqqanlaridan keyin O‘zbekistonga qaytadi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

 

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning barchasi Xorazm viloyatidan bo‘lgan — uch erkak, bir ayol va ikki nafar bola. Bir nafar erkak, ayol va ikki bola kasalxonada.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"