Migrantlar uchun patent narxi oshadi: 2027-yildan qancha to‘lash kerak bo‘ladi?
Sankt-Peterburgda migrantlar patenti uchun mintaqaviy koeffitsient 3,05 gacha oshiriladi.

Sankt-Peterburg parlamenti migrantlar uchun mehnat patentini olish va uni yangilash narxini oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi.
Shahar gubernatori tomonidan taqdim etilgan hujjatga ko‘ra, patent uchun avans to‘lovini hisoblashda qo‘llaniladigan mintaqaviy koeffitsiyentni 3,05 gacha oshirish taklif etilgan.
Natijada tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, notariuslar va advokatlarda ishlaydigan xorijiy fuqarolar uchun patent narxi 11 ming rublni tashkil etadi. Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy, maishiy va boshqa shu kabi ehtiyojlar uchun yollanadigan migrantlar esa 15,6 ming rubl to‘laydi.
Hujjatga ilova qilingan tushuntirish xatida yangi tarif Sankt-Peterburg byudjetiga kamida 17 milliard rubl qo‘shimcha daromad keltirishi kutilayotgani qayd etilgan.
2026-yilda shaharda mehnat migrantlari uchun patent narxi 8 ming rublni tashkil qilmoqda. Ushbu to‘lov 2018-yildan buyon har yili oshirib kelinmoqda.
Maʼlumot uchun, qo‘shni Leningrad viloyatida ham 2027-yil uchun shunga o‘xshash mintaqaviy koeffitsiyent belgilangan.







