O'zbekiston

Kuzda bolalarni nafas aʼzolari kasalliklaridan qanday himoya qilish kerak?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Kuzda bolalarni nafas aʼzolari kasalliklaridan qanday himoya qilish kerak?

Maʼlumki, kuzda aholi orasida o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga chalinish holatlari ko‘payadi. Ayniqsa, bu fasl yosh bolalar o‘rtasida shamollash va gripp xastaliklari avj oladigan palla.

 

Albatta bunday paytda ota-onalar farzandlarini virusli kasalliklardan himoyalash uchun yana-da eʼtiborli bo‘lishi juda muhim. Xo‘sh, bunda nimalarga ahamiyat berish kerak?

 

 

— Yomg‘irli kunlar va salqin ob-havo sharoitida organizmning virus va infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyati pasayadi, — deydi mutaxassis. — Yaʼni, havoda namlik miqdorining ortishi sababli organizm kasallanishga moyil bo‘lib qoladi. Bu holat, ayniqsa, yosh bolalarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

 

Ularning bunday infeksiyalarga duch kelmasligi uchun, eng avvalo, oilada o‘qil-qizlarni gigiyenik qonun-qoidalarga o‘rgatish, qo‘lni sovunlab yuvish yoki tez-tez antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya kilishni uqtirish zarur. Chunki bu — mavsumiy virusli infeksiyalardan himoyalanishning eng muhim omili hisoblanadi.

 

Yuzlarni qo‘l bilan ko‘p ushlamaslik, xonalarni doimiy shamollatish, farzandlarga yo‘talganda yoki aksa urganda og‘iz va burunni salfetka yoki tirsak bilan yopishni o‘rgatish zarur.

 

Shuningdek, bolalarga kasal bo‘lgan tengqurlari oldiga yaqin kelmaslikni aytish, himoya niqoblaridan foydalanishni tushuntirish lozim. Agar farzandlar kasal bo‘lib qolgan bo‘lsa, maktabgacha taʼlim muassasasiga yoki maktabga yubormaslik kerak.

 

Isitmasi yuqori bolaning tomog‘ini yod yoki zelyonka bilan artish ko‘p kuzatiladigan yanglish xatti-harakat. Chunki kichik yoshli bemorning nafas yo‘li shilliq qavati juda nozik, qolaversa, virusdan yallig‘langan va shishgan bo‘ladi.

 

Agar yuqorida aytilgan surtmalar bilan ishlov berilsa, shilliq qavat jarohatlanib, shish kattalashib, laringit yuzaga kelishi va boshqa asoratlar kuzatilishi xavfi bor.

 

Bolaning fibril tutqanog‘i bo‘lmasa, kasallik tufayli tana harorati 38-38,5 darajadan past bo‘lganda isitmani tushirishga hojat yo‘q. Shundan ortsagina “Paratsetamol” yoki “Ibuprofen” (bolalar uchun eritma) berish mumkin.

 

Shuni unutmaslik kerakki, tana haroratining 37 S° daraja ekani isitma ko‘tarilganini anglatmaydi. Qayta-qayta isitmani tushiruvchi dorilarni ichirish esa undagi termoregulyatsiya markaziga salbiy taʼsir etadi.

 

Bundan tashqari, allergik yo‘tal, astma, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi kuzatilayotgan bolalar bor xonalarda isiriq tutatish mumkin emas. Chunki tutun kichkintoy organlari spazmini ko‘paytirib, yo‘talni yana-da kuchaytirishi mumkin.

 

Shamollash chog‘ida va tana harorati ko‘tarilganda ko‘p suyuqlik ichish kasallikni tezroq yengishga yordam beradi. Qolaversa, bolani to‘g‘ri va ratsional ovqatlanishi, surunkali infeksiya o‘choqlarini bartaraf etish hamda chiniqtirish bunday mavsumiy kasalliklarni oldini olishga ko‘maklashadi.

 

Bolaga qo‘shimcha D vitaminining suvli eritmasi (Akvadetrim), askorbin kislotasi, ruh (sink) va selen moddalari, kamqonlikni davolash maqsadida temir preparatlari tavsiya etilsa, nafas yo‘llari kasalliklariga qarshi kurashish kuchini oshirishga yordam beradi.

 

Shamollash mavsumida vaksinatsiya ishlarini olib borish ham kasallikdan himoyalanishda yaxshi samara beradi.

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Sayyor sudda 30 nafar otaning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilgan.

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fuqaroning bankdan 2,2 mlrd so‘m qarzi bo‘lgan.

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro tadbirkorga tegishli joyni noqonuniy ravishda egallab olgan.