O'zbekiston

JSTga aʼzolik O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishini tezlashtiradi

Yaqin 5-7 yil ichida YAIM qo‘shimcha 17 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.

JSTga aʼzolik O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishini tezlashtiradi

O‘zbekistonning JSTga aʼzoligi yaqin 5-7 yil ichida YAIM qo‘shimcha 17 foizga o‘sishiga yordam berishi prognoz qilinmoqda. Bu haqida Vashington shahrida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasining yillik yig‘ilishi doirasida Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish yo‘li: islohotlar va global integratsiya” mavzusida yuqori darajali davra suhbatida maʼlum qilindi.

 

 

Yig‘ilishda O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi doirasida amalga oshirayotgan muhim islohotlari, shuningdek ko‘p-tomonlama savdo tizimi va global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga qo‘shilish masalalari muhokama qilindi.

 

O‘zbekiston tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va strategik islohotlarga hamda JSTga aʼzolik ushbu tub o‘zgarishlarning ajralmas bir qismi ekanligiga urg‘u berib, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar va ularga erishish rejalari bilan tanishtirdi.

 

Yakunda davra suhbati ishtirokchilari islohotlar va integratsiya yo‘lidagi salmoqli muvaffaqiyatlarni qayd etib, 2026 yilda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishi jarayonini yakunlash maqsadida hamkorlikni yana-da mustahkamlash muhimligini qayd etishdi.

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi islohotlar Google Pay’ning mamlakatda ishga tushishiga yo‘l ochganini ta’kidladi.

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

Koreya bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida O‘zbekistonda ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

Eng ko‘p mablag‘ Buxoro va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar o‘rnatgan foto va video qayd etish tizimlariga xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlashga ruxsat berildi.

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Ayrim kuzatuv nuqtalarida ifloslanish darajasi “juda nosog‘lom” ko‘rsatkichga yetdi.

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilmoqda.