Har bayramda shu bo‘lar takror: nomi bor-u o‘zi yo‘q chegirmali poyezd chiptalari

Bilet topishning imkonsizligi tashkiliy xatolar bilan bog‘liqmi?

Har bayramda shu bo‘lar takror: nomi bor-u o‘zi yo‘q chegirmali poyezd chiptalari

4 yildan beri Toshkent — Xorazm yo‘nalishidagi poyezdda qatnayman. Olis hududlardan kelib men kabi poytaxtda tahsil olayotgan talabalar har bayramda “O‘zbekiston temiryo‘llari” tomonidan beriladigan imtiyoz — poyezd chiptalarining chegirmasini intiqlik bilan kutadi. Albatta, bu kabi imtiyozlar talabalar uchun har tomonlama qulay. Biroq shu 4 yil mobaynida “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tomonidan talabalar uchun beriladigan imtiyozdan biror marta ham foydalana olmadim, desam ham bo‘laveradi.

 

Chegirmalar eʼlon qilinishi bilan chipta xaridi uchun harakatda bo‘laman. Afsuski, urinishlarim har doim chippakka chiqadi. Har doim bir xil bahona: onlayn biletlar bron qilinib bo‘lingan, vokzalga borsam xodimlardan bilet qolmadi (topilmadi, tugadi) degan javob olaman.

 

Bilet topishning imkonsizligi tashkiliy xatolar bilan bog‘liqmi?

 

O‘zbekistonda biletga chegirmalar taʼtilga juda qisqa muddat qolganida eʼlon qilinadi va tez tugaydi. Nega taʼtilga ketuvchi talabalar soni hisob-kitob qilinib shunga yarasha qo‘shimcha reys qo‘yilmaydi? Yetarli tayyorgarliksiz talabalarning oz qismigina bilet bilan taʼminlansa, unda chegirmaning nima keragi bor?

 

Talaba poyezd chiptasi sotib olmoqchi bo‘lsa, ko‘pincha bilet yo‘qligi sabab vokzal xodimlari unga avtobus yoki taksida ketishni maslahat berishadi. Baʼzan esa yo‘lovchilarga Urganch, Nukus kabi uzoq shaharlarga 12 soatlik safarni tik turib o‘tkazishga majbur bo‘ladigan dispetcher biletlar sotishadi. Poyezdda joy yo‘qligiga qaramay, yo‘lovchilar dispetcher chipta uchun to‘liq pul to‘laydi. Bu holatda, yo‘lovchilarning qulayligi umuman eʼtiborga olinmaydi. Xavfsizligini gapirmasa ham bo‘ladi.

 

2024 yil yakuni yaqin, bu yil ham bu kabi muammolarga duch kelmaslik uchun nimalar qilishi kerak? Talabadan tavsiya:

 

— chegirmalarni eʼlon qilish muddatini uzaytirish;

 

—  O‘zbekiston temir yo‘llari tomonidan talabalar soni va ehtiyojlari hisobga olingan holda qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘yish;

 

—  talabalarga bilet sotib olish uchun onlayn tizimni takomillashtirish va uni talabalar uchun qulayroq qilish;

 

— temir yo‘l xodimlarining bilet sotishda noqonuniy harakatlarining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish;

 

— talabalar uchun alohida poyezdlarni yo‘lga qo‘yish.

 

 

O‘g‘iloy YUSUPOVA,

O‘zbekiston Milliy universiteti 4-bosqich talabasi

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Har bayramda shu bo‘lar takror: nomi bor-u o‘zi yo‘q chegirmali poyezd chiptalari | Zamon.uz