Sport

Erta so‘ngan yulduz

Kakaning “Real”dagi muvaffaqiyatsizligiga nima asosiy sabab bo‘lgandi?

Erta so‘ngan yulduz

 

2007-yilning kuzida matbuotda Kakaning "Milan"ni tark etishi haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Keyin braziliyalik futbolchi o'zini A Seriya va Braziliya futbolining asosiy yulduzi sifatida namoyish etdi - u Chempionlar Ligasi finalida "Liverpul"dan qasos oldi, "Manchester Yunayted" darvozasiga ajoyib gol urdi va munosib tarzda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi. Bunday o'yinchi har qanday klubning orzusi, ayniqsa, "Real Madrid"dek jamoaning. Madridliklar Kakaning Anchelotti bilan mojarosi haqidagi mish-mishlardan unumli foydalanmoqchi bo'ladi va rahbariyatga taklif tayyorlaydi. Shunda Silvio Berluskoni darrov aloqaga chiqadi. U Kaka qolgan umrini Milanda o‘tkazishiga qaror qilgani haqida gapiradi.

 

Biroq, oradan ikki yil o'tib, 2009-yilning yozida Berluskoni madridliklar taklifini qabul qiladi va braziliyalik bilan xayrlashadi. "Biz "Milan" 70 million yevroni yo'qotishiga yo'l qo'ya olmaymiz, Kakaning ketishining asosiy sababi - moliyaviy muammolar", - degan klub vitse-prezidenti Adriano Galliani. Kaka "Milan" inqirozini bir yil avval sodir bo'lgan global moliyaviy inqiroz oqibatlari bilan izohlaydi. Shunday qilib, futbol 2000-yillarning asosiy sehrgarlaridan birini yo'qotadi. Sababi shu vaqtlarda avlodlar almashinuvi jarayoni kechayotgan edi. Keyinchalik chiqqan xabarlarga ko'ra, Kakaning Italiyadan ketishiga asosiy sabab "Real Madrid" prezidenti lavozimiga qaytgan Florentino Peres edi. Peres hech ikkilanmasdan yana "Galaktikos"ni jonlantirishni boshlaydi va Kaka uning rejasining bir qismi edi.

 

Kakaning o'zi "Milan"ni tark etishni xayoliga ham keltirmagan. Chunki jamoadan ketishdan foyda yo'q edi: Kakaning o'zi badavlat oiladan chiqqan, pulga muhtoj emas edi va uning klubi doimiy ravishda yuqori o'rinlar uchun kurash olib borardi. Ammo Peres top-5 liganing asosiy yulduzlarini sotib olishga jiddiy kirishadi. Biroq, barcha yangi kelgan yulduzlar Angliyadan transfer bo'lgan futbolchining soyasida yo'q bo'lib ketishdi: o'sha yilning yozida Krishtianu Ronaldu Ispaniya poytaxtiga ko'chib o'tgandi. U braziliyalik futbolchiga qaraganda ko'proq shov-shuvlarga keltirib chiqargandi. Yulduzlar bilan ishlashni yaxshi bilgan o'sha vaqtdagi "Real Madrid" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini xursandligini yashirmadi. Kaka chililik murabbiy bilan tezda til topishib ketdi va birinchi o'yinlardanoq o'z o'yinini ko'rsata boshladi. O'shanda ham braziliyalik va Ronaldu o'rtasidagi farqni sezish qiyin emas edi. O'sha yili jamoa muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Klub mavsumni sovrinlarsiz yakunlaydi, chempionatda "Barselona"ga ikki ochkoga yutqazadi va Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o'ta olmaydi. Peres va futbolchilar esa darhol tanqid qilinadi. Florentino bunga javoban jamoaga Pellegrinining o'rniga Joze Mourinyoni olib keladi. Portugaliyalik mutaxassis esa “Real”ning keyingi o‘n yillikdagi kelajagini belgilab beradi.

 

Ammo Kaka Mourinyo uchun kerakli futbolchiga aylana olmadi. 2010-yilgi jahon chempionatidan so'ng braziliyalik futbolchi tizzasidan operatsiya qilinadi va olti oyga safdan chiqadi. Shundan so'ng yarim himoyachi futboldan butunlay voz kechishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Peres tavakkal qilishni xohlamaydi va Janubiy Afrikadagi jahon chempionatidagi o'yini bilan barchani maftun etgan Mesut O'zilni uning o'rniga sotib oladi.

 

Kaka maydonga faqat 2011-yilning boshida qaytdi. O'zilning formasiga qaramay, Mourinyo braziliyalik uchun joy topib berdi. Keyingi mavsum u 40 ta o'yinda 8+16 ochko jamg'ardi. Agar Kaka asosiy tarkibda barqaror o‘yinchi bo‘lmaganini hisobga olsak, statistikasini yanada yaxshilash uchun unda imkon bo'lganini ko'rish mumkin. Kakaning o'zi ham muxlislar kabi zahira futbolchisi bo'lishni xohlamadi. Braziliyalik futbolchidan ko'proq narsa kutilgandi, ammo Joze unga imkoniyat bermadi. Keyinchalik Kaka transferni talab qila boshladi. Peres uning ketishiga qarshi emasdi, lekin bu uning shartlariga ko'ra sodir bo'lishi kerak edi. Shu tariqa, braziliyalik futbolchi faoliyatining bir yilini boy beradi: Joze yarim himoyachini zahira o'rindig'iga mixlab qo'yadi - dastlabki olti oyda u maydonda bor-yug'i 10-20 daqiqa harakat qildi.

 

2013-yilning yozida tomonlar ajralish vaqti kelganini tushunishdi. Jozening o'rniga eski tanishi Karlo Anchelotti keldi, u Kaka bilan xayrlashishni afzal ko'rdi: Peres va murabbiy bir qator faxriylar bilan xayrlashib, jamoani yangilashga qaror qilishdi. Tomonlar shartnomani bekor qilishga rozi bo'lishdi. Kaka "Real Madrid"dagi faoliyati haqida g'azab bilan gapirdi. Braziliyalik futbolchining fikricha, uning Madriddagi faoliyatiga ikki narsa xalal bergan: jarohatlar va Mourinyo.

 

“Men uch yil davomida Mourinyoni ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lishim kerakligiga ishontirishga harakat qildim. Ammo bu uning tanlovi edi va men buni nazorat qila olmadim."

 

"Real Madrid"dan keyin u "Milan"da bir yil o'ynadi va 32 yoshida AQSh chempionatiga yo'l oldi. E’tiborlisi, Kakaning ketishi bilan “rossonerilar” uchun uzoq davom etgan inqiroz boshlandi – yarim himoyachi Chempionlar ligasiga chiqa olmagani uchun klub bilan shartnomasini bekor qildi va jamoa to‘qqiz yil davomida turnirda ishtirok eta olmadi. Ispaniyadagi to'rt yillik faoliyati davomida braziliyalik o'zini professional sifatida ko'rsatdi, ichki intrigalarni yuzaga keltirmadi va o'ziga ajratilgan vaqtdan unumli foydalandi. Muammo shundaki, yarim himoyachi milanliklar safidagi o'yinini ko'rsatishi, bahslarga aynan u nuqta qo'yishi kutilgan edi. Ammo bu kutilgan natijani bermadi. Kakaning nafaqat "Real Madrid"da, balki umuman futbolda ham yetakchilikni Ronalduga "topshirgani" ramziy ma'noga ega va bu yangi avlodning kelganini anglatardi.

custom img

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Janubiy Koreyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Jahon chempionati yo‘llanmasi navbatdagi o‘yinda hal bo‘ladi.

custom img

Erondagi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining ahvoli qanday?

Maʼlumotlarga ko‘ra, ular notinch vaziyat sababli Eronni vaqtincha tark etyapti.

custom img

Eron rasman Jahon chempionatini tark etdi

Hukumat sportchilarning Jahon chempionatiga borish xavfini o‘z zimmasiga olmasligini bildirdi.

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Erta so‘ngan yulduz