O'zbekiston

Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinadi

Bu bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritildi.

Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Qonun bilan Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz solig‘i solinadigan obyekt hisoblanmasligiga doir qo‘shimcha kiritilmoqda.

 

Bojxona kodeksiga yuqorida ko‘rsatilgan texnik vositalarni boj to‘lashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

 

Shuningdek, harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralar harbiy yuklarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imini to‘lashdan ozod qilinadi.

custom img

Ishga yuborish va “Umra” va’dasi: ikki hududda firibgarlik holatlari aniqlandi

Namanganda ikki fuqaroni Xorvatiyaga ishga yuborish, Farg‘onada esa ikki kishini “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga pul talab qilgan shaxslar ushlandi.

custom img

Prezident Andijon shahridagi Boburshoh ko‘chasining ikki qismini bog‘lovchi yangi yo‘lo‘tkazgich bilan tanishdi

Yo‘lo‘tkazgichning umumiy uzunligi 796 metr, kengligi 25,9 metrni tashkil etadi.

custom img

Prezident “Agroklaster Oltinko‘l” korxonasida paxta yetishtirish jarayonini ko‘zdan kechirdi

Shinjon usulida paxta yetishtirish orqali bir gektardan 60–70 sentnergacha hosil olish, suvni 40 foizgacha, o‘g‘itni esa qariyb 30 foizga tejash imkoniyati yaratilmoqda.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi «LB Sport» korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 18 ta sport turi bo‘yicha 65 xil mahsulot ishlab chiqarilib, yiliga 500 ming dona sport anjomi tayyorlanadi.

custom img

Istanbulda o‘zbekistonlik ayol vafot etdi: u doridan zaharlangan

Marhumaning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi.

custom img

Endi O‘zbekistonda chiqindi topshirib pul ishlash mumkin

Respublikada ilk bor plastik, shisha va alyuminiy idishlarni topshirish evaziga pul to‘laydigan fandomatlar ishga tushirildi. Ushbu uskuna hajmi va turidan qatʼiy nazar har bir idish uchun 150 so‘mdan rag‘bat puli to‘laydi.

custom img

Oltin va kumush tangalar: Samarkanddagi Shaxmat olimpiadasi uchun esdalik tangalari sotuvga chiqariladi

Esdalik tangalari 31,1 grammdan bo‘lib, cheklangan miqdorda zarb etilgan.

custom img

Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas: Konstitutsiyaviy sud qaror chiqardi

Shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turishga imkon beruvchi norma Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"