O'zbekiston

4 ta viloyatda yer olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

4 ta viloyatda yer olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chinoz tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati va uning opasi o‘zaro til biriktirib, hozirda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumga tegishli fermer xo‘jalikka baliqchilik bilan shug‘ullanish uchun 2016 yilda Chinoz tumani hokimining qaroriga muvofiq 49 yil muddatga ijaraga berilgan 9,72 gektar yer maydonini soxta hujjatlar asosida davlat idoralaridagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 35 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

 

Navbatdagi holatda, Andijon shahridagi ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatning muqaddam bir necha marotaba sudlangan rahbari 1985 y.t., yakka tartibdagi tadbirkor bilan til biriktirib, o‘ziga Asaka tumani hokimining 2020 yildagi qaroriga asosan issiqxona inshootlari qurish maqsadida ajratilgan 1 gektar yer maydonining toifasini mansabdor tanishlari orqali o‘zgartirib, u yerda 30 ta kottej tipidagi uy-joylar qurish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga xaridordan 230 ming AQSH dollari talab qilishadi. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular so‘ralgan pul mablag‘idan 30 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtlarida ushlandi. 

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda, Jarqo‘rg‘on tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari 2015 yilda tuman hokimining qarori bilan chorvachilik va qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirish maqsadida 49 yil muddatga ijaraga berilgan yer maydonining 11 gektar qismini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 430 mln. so‘m talab qilib, oldindan 23.600 AQSH dollari va 100 mln. so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda esa Urganch shahrida yashovchi, 1969 va 1980 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro, Urganch tumani hokimligi zaxirasidagi 5 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurmoqchi bo‘lgan tadbirkor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 350 mln. so‘m talab qilishib, oldindan 300 mln. so‘m olgan vaqtlarida ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Sho‘r yerda bog‘dorchilik: Qoraqalpog‘istonda intensiv bog‘lar maydoni 10 ming gektarga yetkaziladi

Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining 330 gektarlik sanoatlashgan intensiv bog‘ida yo‘lga qo‘yilgan agrar tajriba bilan tanishdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kallibek Kamalov xotirasini yod etdi

Kallibek Kamalov ko‘p yillar Qoraqalpog‘istonda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo'shgan.

custom img

Pensiyani ko‘paytirib berish va’dasi: Urganchda hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroning turmush o‘rtog‘i pensiyasini oshirib berishni va’da qilib, undan 15 mln so‘m olgan.

custom img

3472 so‘mgacha: Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova suv tariflari oshiriladi

Yangi tariflar 3-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Istanbul–Toshkent reysi 3 soatdan ortiq kechikdi: Raqobat qo‘mitasi o‘rganish boshladi

Yo‘lovchilarga zarur axborot va xizmatlar ko‘rsatilgani hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilgani tekshirilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik tashrif bilan boradi

Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

custom img

Qarzdorlik evaziga pora: Ohangaronda MCHJ rahbari ushlandi

Bosh pudratchi asfaltlashtirish obyektini yordamchi pudratchiga biriktirib berish hamda 1,2 mlrd so‘mlik qolgan to‘lovni amalga oshirish evaziga 83,5 ming dollar talab qilingan.

custom img

Chiqindidan elektr: Jizzaxda kuniga 1 000 tonna chiqindi qayta ishlanadi

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"