O'zbekiston

O‘zbekistonda “Yil imomi” aniqlandi

G‘olibga Haj safariga yo‘llanma berildi.

O‘zbekistonda “Yil imomi” aniqlandi

13 noyabr kuni Respublika masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va noiblar ishtirokida “Yil imomi – 2024” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Bu haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar imom domla o‘zaro bellashgan.

 

Musobaqa ishtirokchilari Qurʼoni karim qiroati va tafsiri, aqida, fiqh, Islom tarixi, hadis ilmlari, allomalar ijodiga oid savollarga javob berdilar. Shuningdek, mehnat faoliyatlari davomida amalga oshirgan salmoqli ishlari va OAVlarida eʼlon qilingan ijodlarini namoyish etgan.

 

Tanlov natijalariga ko‘ra:

 

1-o‘rin – Namangan viloyati “Homiddin qori” jome masjidi imom-xatibi Muhammad Bobir domla Nasriddinovga I darajali diplom va Haj safari yo‘llanmasi;

 

2-o‘rin – Toshkent shahridagi “Firdavs” jome masjidi imom-xatibi Baxtiyor domla Sattorovga II darajali diplom va 16 mln so‘m pul mukofoti;

 

3-o‘rin – Toshkent viloyati “Chanoq” jome masjidi imom-xatibi Yoqub domla Buxarbayevga III darajali diplom va 13 mln so‘m pul mukofoti topshirildi.

 

Shuningdek, tanlovning "Yilning eng fidoiy imomi" Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Mulla Isʼhoq” jome masjidi imom-xatibi Altinbek domla Zinullayev va Xorazm viloyati “Mirhoshim bobo” jome masjidi imom-xatibi Ollabergan domla G‘oyipovga nasib etgan.

custom img

Soxta hujjatlar orqali kredit olish: 5 kishi ushlandi

Ular hujjatlarda o‘zlarini Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qism xizmatchilari sifatida ko‘rsatgan.

custom img

Bog‘chadagi fojia: 3 yoshli bola kimyoviy vositani ichib, vafot etdi

Bola shifoxonaga olib borilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

custom img

O‘zbekiston turizmi 2030-yilgacha: 20 million sayyoh va 8 milliard dollar eksport maqsad qilindi

Xivada xalqaro turistik shaharcha, Samarqandda Ipak yo‘li muzeyi barpo etiladi, Ichan-qalʼa esa “aqlli” muzey majmuasiga aylantiriladi.

custom img

5 ming dollarlik gashish: tezkor tadbirlarda 4 kishi qo'lga olindi

Farg‘ona va Namanganda 2 kg 643 gramm gashish moddasi musodara qilindi.

custom img

Toshkentda yo‘l haqi oshadi: yangi tariflar maʼlum qilindi

1 oktyabrdan jamoat transportida yo‘l haqi 47 foizga oshadi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi: jarohatlanganlar yo‘q

Hodisaga tormoz tizimidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

custom img

Toshkent viloyatida zilzila: silkinishlar 5 ta hududda sezildi

Silkinishlar Olmaliq, Piskent, Ohangaron, Nurafshon va Angren shaharlarida qayd etilgan.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"