O'zbekiston

Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan

Ushlanganlar orasida Qo‘shrabot tumani prokuraturasining sobiq ish yurituvchisi ham bor.

Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov hodisa yuzasidan maʼlumot berdi. Unga ko‘ra, 2024 yil 6 oktyabr kuni voyaga yetmagan qiz bir necha shaxs tomonidan zo‘rlangani haqida ariza bilan murojaat qilgan.

 

Ariza yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu holatga Qo‘shrabot tumani prokuraturasining ish yurituvchisi ham aloqadorligi aniqlangan.

 

U joriy yil 30 oktyabr kuni viloyat prokurorining tegishli buyrug‘i bilan prokuratura organlaridan ishdan bo‘shatilgan.

 

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari hamda tayinlangan sudga oid tibbiyot va biologik ekspertizalari natijalariga ko‘ra, 31 oktyabr kuni Ishtixon tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

So‘ng jinoyat ishi tergovga taalluqliligi bo‘yicha ichki ishlar organiga yuborilgan.

 

Olib borilgan tergov hamda tezkor tadbirlar davomida 9 nafar gumonlanuvchi aniqlanib, tergovga jalb qilingan. 8 nafar shaxs, shu jumladan Qo‘shrabot tumani prokuraturasining sobiq ish yurituvchisi protsessual tartibda ushlangan. Bir nafar gumonlanuvchini ushlash choralari ko‘rilmoqda.

 

Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishi tergovi ustidan prokuratura nazorati o‘rnatilgan.

 

Maʼlumot uchun, qiz 2024 yil 23 sentyabr kuni o‘g‘irlab ketilgan. Oradan maʼlum vaqt o‘tgach, qarindoshlari qiz yo‘qolgani haqida ariza yozishgan. Jabrlanuvchi oradan 13 kun o‘tib, 6 oktyabr kuni badanida zo‘ravonlik izlari bilan topilgan.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

custom img

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Pullar tayyorlab sotganlikda gumonlangan ikki shaxs ushlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"