O'zbekiston

Farg‘onada IIO xodimiga pora taklif qilgan ayol ushlandi

U shu orqali tanishini qamoqdan chiqarmoqchi bo‘lgan.

Farg‘onada IIO xodimiga pora taklif qilgan ayol ushlandi

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida Ichki ishlar organi xodimiga 3000 AQSH dollari pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Namangan shahrilik 1989 yil tug‘ilgan ayol Beshariq tumaniga qarashli tergov bo‘limi surishtiruvchilariga murojaat qilib, jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, qamoqqa olingan tanishini qamoq ehtiyot chorasini bekor qilishi va ayblovni olib tashlashi uchun 3000 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilgan.

 

Xodimlar pora berish jinoyat ekanini bir necha bor tushuntirishiga qaramay ayol pora taklif qilishda davom etgani aytilmoqda.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro xodimga 2100 AQSH dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ushlanib, pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 211-moddasi, birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"