Jahon

Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirdi

Hujum nishonlari energetika obyektlar bo‘lgan

Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli havo hujumi uyushtirdi

Ukraina prezidentining maʼlum qilishicha, hujumda “Kinjal” va “Sirkon” gipertovushli raketalari hamda “Iskander” raketalari qo‘llanilgan.

 

"Rossiya armiyasi bugungi keng ko‘lamli hujumda jami 120 ga yaqin raketa va 90 ta drondan foydalandi. Havo hujumidan mudofaa kuchlarimiz 140 dan ortiq havo nishonlarini yo‘q qildi. Hujum nishonlari energetika obyektlar bo‘lgan", — deb yozdi Volodimir Zelenskiy o‘z Telegram-kanalida.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Ukrainaga uyushtirilgan bugungi ommaviy hujum oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, o‘ndan ortiq kishi jarohat oldi.

 

"Bugungi o‘qqa tutilishi Ukraina infratuzilmasiga eng yirik havo hujumlaridan biri bo‘ldi. Bu harbiy jinoyatchi Putinning yaqinda u bilan muloqot qilganlarga javobidir. Biz tinchlantirish orqali emas, kuch bilan tinchlikka erishishimiz kerak", — deb yozdi Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

 

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

So‘nggi 24 soatda Ukraina dronlari, “Neptun” raketalari va boshqariladigan aviabombalari urib tushirilgan.

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

Aroqchi Ummon, Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa 8 davlat tashqi ishlar vazirlari bilan maslahatlashuv o‘tkazdi.

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Uning avtomobilidan miltiq, ikkita to‘pponcha va o‘q-dorilar topilgan.

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

Mukofot Eronning yadroviy obyektlari, uskunalari, ularning joylashuvi va tegishli xodimlar haqidagi ma’lumotlar uchun beriladi.

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Muzokaralarda hududiy masalalar, xavfsizlik kafolatlari va gumanitar operatsiyalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

AQSH Qeshm oroliga zarba berdi: Eron havo mudofaasi nishonga olingan

AQSH Qeshm oroliga zarba berdi: Eron havo mudofaasi nishonga olingan

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, orolga ikkita raketa tushgan.