O'zbekiston

Jizzaxda kelin qaynonasini ayovsiz kaltakladi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jizzaxda kelin qaynonasini ayovsiz kaltakladi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda kelin qaynonasini o‘lasi qilib kaltaklagani aks etgan videolar tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Aniqlanishicha, ushbu holat Baxmal tumanining “Nurobod” mahallasida sodir bo‘lgan. Ushbu mahallada yashovchi O‘.S. qaynonasi L.O‘.ga tan jarohatlari yetkazishda gumonlanib, unga nisbatan JKning105- moddasi 1- qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

“Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"