O'zbekiston

Endi onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Endi onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi

“Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-402-son, 22.11.2024) qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (ro‘yxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy ko‘rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.

 

Har yili 30–50 yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

 

30–65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan o‘tkaziladi.

 

Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq xarajatlar byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.

 

2025 yil 1 yanvardan boshlab onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor hamda mobil va statsionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar shtatlari joriy etiladi.

 

Mammografiya tasvirini o‘qish markazi tashkil etiladi.

 

Odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qo‘llanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha referens-laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi.

 

2025 yil 1 mayga qadar bachadon bo‘yni saratoni skriningi va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish tizimi, skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimi joriy etiladi.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"