O'zbekiston

Biznes-ombudsman devoni Namanganda press-tur o‘tkazdi

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish uchun 5 dekabr kuni Namangan viloyatida OAV va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Biznes-ombudsman devoni Namanganda press-tur o‘tkazdi

Tadbirda Biznes-ombudsman devoni xodimlari hamda 20 ga yaqin OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

 

Dastlab Namangan viloyatida tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida maʼlumot berilgandan so‘ng jurnalistlar O‘rta Osiyoda tibbiy ekspress laboratoriya mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yagona bo‘lgan "Nam bio test" MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 

 

"Nam bio test" MCHJ 2020 yilda tashkil topgan bo‘lib, qon tahlillari bo‘yicha innovatsion yechim topgan importni mahalliylashtirgan tadbirkorlik subyekti hisoblanadi.

 

Biznes-ombudsman yordami bilan loyiha tashkil etilib, 20 mlrd so‘mlik ekspress testlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

 

Ekspress testlar hozirgi kunga qadar respublikaga import qilib olib kelingan. Hozirda ushbu tibbiyot mahsulotlari Namanganda ishlab chiqarilmoqda, Qo‘shni davlatlar va Rossiya Federatsiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yilgan.

 

 

Shundan so‘ng OAV vakillari “Laktalis agro” MCHJga yo‘l oldilar. Fransiya bilan qo‘shma korxonada 500 dan ortiq ishchi mehnat qiladi.

 

Korxona yonidan o‘tgan avtomagistral qurilish jarayonida yuqori kuchlanishli elektr liniyasi zarar ko‘rganligi sababli korxona faoliyati to‘xtab qolgan va saqlash tartibi buzilganligi sababli mahsulotlar laboratoriyadan o‘tmagani oqibatida korxona zarar ko‘rish arafasida bo‘lgan. Biznes-ombudsman aralashuvi bilan Namangan shahar hokimining farmoyishi qabul qilinib yo‘l qismi qayta qurilishi taʼminlangan va yuqori kuchlanishli elektr taʼminotidagi uzilish tiklangan.

 

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida hisob raqamiga qo‘yilgan cheklov natijasida ishlab chiqarishning to‘xtashi oqibatida 1,6 mlrd zarar ko‘rish arafasida bo‘lgan. Bunday holatda Biznes-ombudsmanning aralashuvi bilan hisob raqamiga qo‘yilgan taqiq olib tashlangan.

 

 

Press-turning navbatdagi manzili “Gavhar” kompaniyasi bo‘ldi. 2020 yilda «Gavhar Jewel Group» MCHJ tarkibida tashkil etilgan kompaniya zargarlik buyumlari va esdalik sovg‘alari ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarishda jahon anʼanalari, jumladan, italyan va o‘zbek zargarlik maktablarining tajribasidan foydalaniladi. Italiya, Turkiya va Germaniyaning zamonaviy texnologiyalari qo‘llaniladi.

 

Zargarlik oliygohi va mahalliy zargarlar kooperatsiyasini tashkil etish uchun Namangan viloyatida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yirik tadbirkorlarga Namangan Muhandislik texnologiya instituti huzuridagi “Sanoat va iqtisodiyot” texnikumi bino-inshootlarini imtiyozli shartlarda xususiylashtirish masalasini ko‘rib chiqish taklif kiritilishi natijasida hozirda ushbu faoliyatni boshlash uchun texnikum bino inshootlari kompaniyaga berilgan.

 

 

Mazkur takliflar davlatimiz rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib 2024 yilda bevosita korxonaga tashrif buyurilgan.

 

Press-tur doirasida Biznes-ombudsman matbuot kotibi Guljamol Shukurova ishtirokida jurnalistlar va OAV vakillari uchun “Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan sifatli media kontent yaratish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida seminar ishtirokchilariga Biznes-ombudsmanning maxsus sertifikatlari topshirildi.

 

 

Namanganda tashkil etilgan ushbu press-tur tadbirkorlar muammolarini hal etish va ularning huquqlarini himoya qilish borasida Biznes-ombudsman devoni tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin namunasi bo‘ldi.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"