O'zbekiston

O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida "eng yaxshi sayohat yo‘nalishi" deb topildi

Bu haqida Turizm qo‘mitasi maʼlum qildi.

O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida "eng yaxshi sayohat yo‘nalishi" deb topildi

O‘zbekiston Rossiyaning “Russian traveler” jurnali tomonidan tashkil etilgan "Russian traveler Awards 2024” milliy turizm mukofotining ekspert hakamlar hayʼati tanlovi natijasiga ko‘ra “Turizm v SNG” nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Taqdirlash marosimida Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

 

 

 

Maʼlumot uchun: “Russian traveler” jurnali — bu mamlakat ichida sayohat qilish va mashhur xalqaro yo‘nalishlarga bag‘ishlangan rus nashridir. U sayohat g‘oyalari, ekspert maslahatlari va jonli fotosuratlar bilan maqolalarni taklif etadi. Jurnalning birinchi soni 2022 yilda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida taqdim etilgan.

 

Jurnal, shuningdek, Rossiyadagi eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari, mehmonxonalar, kruizlar va turizmning boshqa jihatlarini eʼtirof etuvchi har yili “Russian traveler” mukofotlarini tashkil qiladi.

 

Joriy yil iyul oyida Rossiyaning mazkur jurnali O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston — Sharq ertagi” («Uzbekistan – Vostochnaya skazka») nomli maxsus soni chop etilgan bo‘lib, rus kitobxonlari orasida katta qiziqish uyg‘otgan.

Turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: 2030-yilgacha sohaga 3,1 trillion so‘m ajratiladi

Turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: 2030-yilgacha sohaga 3,1 trillion so‘m ajratiladi

Yangi turizm loyihalarini amalga oshirish uchun 5 ming gektar yer maydonini auksion savdolariga chiqarish rejalashtirilgan.

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

2027-yilda o‘tkaziladigan ikkinchi Buxoro xalqaro biyennalesi doirasida 2,3 kilometrlik madaniy sayr yo‘nalishi yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi: har bir tuman va shaharda kamida bittadan

Maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi: har bir tuman va shaharda kamida bittadan

O‘zbekistonda 2030-yilgacha voleybol bilan shug‘ullanuvchilar soni 1 millionga yetkaziladi.

Noqonuniy dori vositalari savdosi: 143 ming donadan ortiq shubhali dori-darmonlar fosh etildi

Noqonuniy dori vositalari savdosi: 143 ming donadan ortiq shubhali dori-darmonlar fosh etildi

Tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Diplomatik yordam samarasi: 53 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Diplomatik yordam samarasi: 53 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

U murakkab vaziyatga tushib qolgani sababli Bosh konsulxonaga yurtga qaytishda ko‘mak so‘rab murojaat yo‘llagan.

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

2010-yilda tug‘ilgan qizga otasi tomonidan yillar davomida jinsiy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi.

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Fuqarolar ushbu tizim orqali kunning istalgan vaqtida inspektorlarga bevosita xabar yuborishi mumkin bo‘ladi.

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Savdo maskani aynan qaysi sanada qayta ish boshlashi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.