O'zbekiston

O‘zbekistonda barcha metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritilmoqda

Energetika vazirligi hududlarda havo harorati pasayishi natijasida magistral gaz quvurlarida bosim kamayishi holatlari kuzatilayotganini taʼkidladi.

O‘zbekistonda barcha metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritilmoqda

Energetika vazirligi keskin sovuq sharoitida aholini uzluksiz energiya taʼminoti bilan taʼminlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida maʼlumot berdi.

 

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda mamlakat hududiga sovuq havo oqimi kirib kelishi tufayli energiya resurslariga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi. Kunlik tabiiy gaz isteʼmoli o‘tgan haftaga nisbatan 20 foizga, elektr energiyasi isteʼmoli esa 15 foizga ko‘paydi.

 

Energetika vazirligi sovuq kunlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish uchun 1600 dan ortiq kecha-kunduz ishlaydigan guruh tashkil etilganini maʼlum qildi. Ushbu guruhlar zarur transport vositalari va zaxira uskunalar bilan taʼminlangan:

 

  • elektr taʼminoti kompaniyalariga 877 ta avtotransport va 450 ta maxsus texnika;

 

  • gaz taʼminoti kompaniyalariga 220 ta avtotransport, 259 ta maxsus texnika va 567 ta payvandlash apparati berildi.

 

Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya bilan taʼminlovchi inshootlar 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi. Ishlarning bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatildi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish vaqti o‘tgan yilga nisbatan 3−3,5 soatdan 1−1,5 soatga qisqartirildi, deyiladi xabarda.

 

"Oldingi yillarda generatsiya quvvati tanqisligi tufayli majburiy cheklovlar kiritilgan bo‘lsa, yangi ishga tushirilgan quvvatlar hisobiga joriy yilda cheklovlar kiritilishi bartaraf etildi", — deb taʼkidladi vazirlik.

 

Tabiiy gazga bo‘lgan talabning keskin oshishi gaz uzatish tizimining maksimal quvvatda ishlashiga, jumladan, yer osti omborlaridan maksimal kunlik gaz olish va tarmoqqa uzatilishiga qaramay, gaz quvurlaridagi bosimning pasayishiga olib keldi, deyiladi xabarda.

 

Energetika vazirligi aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlarni (tibbiyot, maktab, maktabgacha taʼlim, oliy taʼlim muassasalari va boshqalar) gaz bilan taʼminlashni ustuvor vazifa sifatida belgiladi. Shu bois hokimiyatlar bilan hamkorlikda grafiklar ishlab chiqildi, unga ko‘ra, isteʼmoli yuqori bo‘lgan ayrim hududlarda gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

 

Taʼkidlanishicha, hokimiyatlar ushbu cheklovlar haqida aholini o‘z vaqtida rasmiy sahifalar orqali xabardor qiladi.

 

Elektr taʼminoti bilan bog‘liq savollar uchun 1154 qisqa raqamiga yoki @HETadmin orqali Telegramda murojaat qilish tavsiya etiladi. Gaz taʼminoti bo‘yicha savollar uchun 1104 va 104 raqamlari, shuningdek, @hududgazmurojaat_bot Telegram boti mavjud.

 

Vazirlik isteʼmolchilardan «birinchi navbatda ko‘rilayotgan choralarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni» so‘radi va ularni quyidagilarga chaqirdi:

 

  • elektr qurilmalari va isitish moslamalariga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish;

 

  • resurslardan imkon qadar samarali va tejamkorlik bilan foydalanish;

 

  • nostandart, energiya samarasiz qurilmalardan foydalanmaslik;

 

  • qurilmalardan foydalanilmayotgan vaqtlarda ularni tarmoqdan ajratib qo‘yish;

 

  • is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilayotgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilish.

custom img

Toshkentda pulli avtoturargoh uchun to‘lov qilmagan haydovchilarni jarimaga tortish taklif etildi

Bunday qoidabuzarlik uchun BHMning ikki baravari, ya’ni miqdorida jarima belgilanishi mumkin.

custom img

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan gazetalar soni 15 yilda 430 taga kamaydi

2026-yil 1-yanvar holatiga mamlakatda 219 ta gazeta faoliyat yuritmoqda.

custom img

Jazirama sabab Xorazmdagi barcha davlat bog‘chalari vaqtincha yopiladi

14-iyuldan boshlab viloyatda havo harorati 44–45 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

custom img

Ikki kichik sayyoraga o‘zbekistonlik olimlar nomi berildi

Xalqaro astronomik kataloglarda endilikda (131358) Kamolergashev va (121339) Otabekburkhonov nomli asteroidlar rasman qayd etildi.

custom img

Abituriyentlar uchun kirish test sinovlari sanalari e’lon qilindi

OTMga kirish testlari 10 kun davomida ikki smenada o‘tkaziladi.

custom img

Tojikistondan yiliga 700 ming tonna temir xomashyosi olib kelinadi

Shavkat Mirziyoyev metallurgiya sanoatining xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

custom img

Toshkent viloyati, Samarqand va Surxondaryoda ham temir zaxiralari borligi prognoz qilinmoqda

Xususiy metallurgiya korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 200 million dollarlik maxsus kompaniya tashkil etilib, import xomashyo birja orqali realizatsiya qilinadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Bekobodda zamonaviy Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirdi

Yangi majmua yiliga 1 million tonna issiq prokatlangan po‘lat list ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, 1 200 ta yangi ish o‘rni yaratadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"