O'zbekiston

Malayziyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi megaloyihasi taqdim qilindi

Ayni paytda mamlakatda xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Malayziyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi megaloyihasi taqdim qilindi

Ayni kunlarda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida “Rossiya - Islom olami” strategik qarashlar guruhi tashabbusi bilan “Shakllanayotgan ko‘pqutblilik davrida Rossiya va Islom olami munosabatlari” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

 

“Rossiya - Islom olami” strategik qarashlar guruhi global miqyosda dinlararo muloqot,  anʼanaviy maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni himoyalashga yo‘naltirilgan o‘ziga xos maydon hisoblanadi.

 

Hozirga qadar mazkur guruh tashabbusi bilan turli davlatlardagi rasmiy diniy tashkilotlar rahbarlari va vakillari, dinshunos olimlar, ekspertlar ishtirokida turli forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, matbuot anjumanlari o‘tkazib kelinadi. Ushbu tadbirlarda dinlararo munosabatlar, bugungi global muammolar tahlilida diniy qarashlarning ahamiyati, Rossiya va musulmon mamlakatlari o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha maʼruzalar tinglanadi, takliflar bildiriladi. Konferensiyada Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov, Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim ishtirok etmoqda.

 

Guruh mutasaddilari shu paytga qadar Moskva, Qozon, Istanbul, Jidda, Quvayt singari mamlakatlarda turli darajadagi xalqaro uchrashuv va muloqotlar o‘tkazgan. Kuala-Lumpurda o‘tayotgan navbatdagi sayyor anjumanda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktor o‘rinbosari Firdavs Halimov ham ishtirok etdi. Anjumanda Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga doir videorolik namoyish qilindi.

 

Firdavs Halimov O‘zbekiston vakili sifatida so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan  diniy bag‘rikenglik siyosati tamoyillari, shu bilan birga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi ham aynan muqaddas dinimizning maʼrifatparvarlik va insoniylik g‘oyalariga yo‘g‘rilgani haqida gapirdi. Bundan tashqari O‘zbekiston hududidan yetishib chiqqan allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissalarini o‘rganish va targ‘ib etish lozimligini taʼkidladi.

 

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi islohotlar Google Pay’ning mamlakatda ishga tushishiga yo‘l ochganini ta’kidladi.

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

Koreya bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida O‘zbekistonda ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

Eng ko‘p mablag‘ Buxoro va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar o‘rnatgan foto va video qayd etish tizimlariga xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlashga ruxsat berildi.

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Ayrim kuzatuv nuqtalarida ifloslanish darajasi “juda nosog‘lom” ko‘rsatkichga yetdi.

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilmoqda.