Jahon

TIME jurnali Trampni "Yil odami" deb e’lon qildi

2023-yilda bu unvonni xonanda Teylor Svift olgan edi.

TIME jurnali Trampni "Yil odami" deb e’lon qildi

 

12-dekabr kuni TIME jurnali Donald Trampni 2024-yil odami deb e’lon qildi. 1927-yildan beri TIME jurnali "yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’i nazar", so‘nggi 12 oy ichida dunyoga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxs, guruh yoki konsepsiyani tanlab kelmoqda. 2023-yilda bu unvonni xonanda Teylor Svift olgan edi.

 

Tramp bilan bir qatorda 2024-yilgi nomzodlar ro‘yxatida AQSh vise-prezidenti Kamala Harris, Uels malikasi Keyt Middlton, tadbirkor Ilon Mask, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, AQSh Federal zaxira tizimi raisi Jerom Pauell, podkaster Jo Rogan, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum, Meta bosh direktori Mark Sukerberg va boshqalar ham bor edi.

 

Donald Tramp 2024-yilda Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidenti saylovida nomzod bo‘ldi va katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Saylovoldi kompaniyasi davrida unga nisbatan suiqasd uyushtirildi. U 2025-yil yanvar oyida prezidentlik davrining ikkinchi muddatiga kirishadi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.