O'zbekiston

Yengil sanoatdagi natijalar va takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev to‘qimachilik va charm sanoatidagi islohotlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Yengil sanoatdagi natijalar va takliflar ko‘rib chiqildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni to‘qimachilik va charm sanoatidagi islohotlar natijadorligini yanada oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Bu tarmoqlar aholi bandligi va eksportda katta o‘ringa ega. Xususan, bunday korxonalarda 430 ming fuqaro ish bilan ta’minlangan. Yengil sanoatning jami ishlab chiqarishdagi ulushi 14 foizni, eksportda 16 foizni tashkil qiladi. Lekin bugungi murakkab sharoitda tashqi bozordagi vaziyat tez o‘zgarayapti. Buning ta’sirida eksport narxlari ip kalavada 9 foizga, gazlamada 15 foizga, tayyor mahsulotda 13 foizga tushgan. Asosiy eksport bozorlarimizda tayyor mahsulot olish kamaygan.

 

Yig‘ilishda bu vaziyatga moslashib ishlash, ichki imkoniyatlarni to‘liq safarbar etish choralari muhokama qilindi. Yanvar-noyabr oylarida to‘qimachilik eksporti 2,6 milliard dollarni tashkil qildi. Sohadagi imkoniyatlar hisobiga buni oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

 

Jahon bozorida tola narxi pasayib borayotgan sharoitda tola va ip kalavani chuqur qayta ishlashni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi. Buning uchun mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi. Bu orqali ip kalavani qayta ishlash darajasini 70 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Shu bilan birga, bu yil qo‘y va echki terisi eksportidan 10 foizlik yig‘im bekor qilingani natijasida 3 million dollarlik eksport shartnomalari tuzilgan. Buni kelasi yil ham davom ettirib, eksportni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Charm sanoati korxonalarini xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash choralari va kelgusidagi rejalar bo‘yicha mas’ullarning hisoboti eshitildi. Charm sanoatida bichuvchi, tikuvchi, kosib kabi o‘rta bo‘g‘in kadrlari yetishmayotgani, bu yo‘nalishda yiliga bor-yo‘g‘i 167 nafar mutaxassis tayyorlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, poyabzal ishlab chiqarish rivojlangan Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi yetakchi korxonalarni texnikumlarga bog‘lab, “dual ta’lim”ni yo‘lga qo‘yish zarurligi aytildi.

 

Yig‘ilishda kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalar haqida ham axborot berildi. Qayd etilganidek, yengil sanoat tarmog‘iga 2 milliard dollardan ortiq xorijiy investisiya jalb qilib, 82 ta yirik loyihani amalga oshirish hamda 25 mingta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. To‘qimachilik mahsulotlari eksportini 4 milliard dollarga, charm mahsulotlari eksportini 250 million dollarga olib chiqish maqsad qilingan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.