O'zbekiston

Prezident Saudiya-O‘zbekiston Ishbilarmonlar kengashi raisi bilan uchrashdi

Muloqotda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident Saudiya-O‘zbekiston Ishbilarmonlar kengashi raisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya-O‘zbekiston Ishbilarmonlar kengashi raisi, "ACWA Power" kompaniyasi raisi Muhammad Abunayyan bilan uchrashuvida Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda "yashil energetika” sohasida strategik investor hisoblangan "ACWA Power" kompaniyasi bilan samarali sheriklik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Bugungi kunga qadar umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarlik 4 ta loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bo‘lib, joriy loyihalar portfeli 15 milliard dollarni tashkil etmoqda.

 

Bundan tashqari, bugun bir qator qo‘shma loyihalarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi: Buxoro viloyatida quvvati 500 megavatt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi tarmoqqa ulandi, shuningdek, Samarqand viloyatida umumiy quvvati 1 gigavatt bo‘lgan 2 ta quyosh elektr stansiyasi va Toshkent viloyatida 334 megavatt quvvatga ega energiya saqlash tizimi qurilishiga start berildi.

 

Uchrashuvda energetika, transport va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Qo‘shma Ishbilarmonlar kengashi faoliyati doirasida Saudiyaning yetakchi kompaniyalarini mamlakatimizga jalb qilish borasidagi ishlarni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Yomg‘ir havodagi PM zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

11-noyabr kuni davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining yalpi sessiyasida ishtirok etadi.

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Haydovchilardan ehtiyotkorlikni oshirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish so‘raldi.

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uskunalarning qariyb yarmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.

Avtobusda nomaqbul musiqa qo‘yildi: haydovchilarga tushuntirish berilmoqda

Avtobusda nomaqbul musiqa qo‘yildi: haydovchilarga tushuntirish berilmoqda

“Toshshahartransxizmat” avtobusdagi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Taqiqlovchi signalga qaramadi: Surxondaryoda Spark poyezd bilan to‘qnashdi

Taqiqlovchi signalga qaramadi: Surxondaryoda Spark poyezd bilan to‘qnashdi

Haydovchisi taqiqlovchi svetofor signaliga qaramay, temir yo‘l kesishmasidan o‘tishga uringan.

Uy qurilishi tugamaguncha pul quruvchiga berilmaydi: eskrou tizimi joriy etilishi mumkin

Uy qurilishi tugamaguncha pul quruvchiga berilmaydi: eskrou tizimi joriy etilishi mumkin

Ulushli qurilishda fuqarolar mablag‘larini eskrou hisobvaraqlarida saqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Senatga yuborildi.

5 kg dan ortiq “opiy” savdosi to‘xtatildi: ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

5 kg dan ortiq “opiy” savdosi to‘xtatildi: ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

Narkotik vositalar ularga Afg‘onistondagi narkokuryerlar tomonidan yetkazib berilgan.