O'zbekiston

"Biznes amaliyotida va davlat tomonidan biznes faoliyatini tekshirish jarayonlarida korrupsiya xavflarini kamaytirish" mavzusida xalqaro biznes-forum o'tkazildi

Forum Biznes-ombudsman, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

"Biznes amaliyotida va davlat tomonidan biznes faoliyatini tekshirish jarayonlarida korrupsiya xavflarini kamaytirish" mavzusida xalqaro biznes-forum o'tkazildi

 

O'zbekiston halol biznes yuritish uchun qulay muhit yaratishda qat'iy qarorgoh ekanligini namoyish etmoqda. Qonunchilikdagi o'zgarishlar va rag'batlantiruvchi imtiyozlar hamda preferensiyalarni o'z ichiga olgan kompleks yondashuv mamlakatga barqaror iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasini oshirish yo'lida harakatlanish imkonini beradi.

 

Halol biznes yuritish tamoyillarini ilgari surishda bir qator muhim qadamlar qo'yilmoqda. 2024-yil boshida tadbirkorlik subyektlarining barqaror reytingi joriy etildi, bu reyting qonunchilik talabalariga rioya qilgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qo'shimcha rag'batlantirishni nazarda tutadi. Uch yildirki, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektorni shaffof va ochiq faoliyat yuritishni ta'minlashning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun birlashtiruvchi biznes halolligi masalalariga bag'ishlangan forum o'tkazildi.

 

 

2021-yilda o'tkazilgan birinchi forum O'zbekiston biznes halolligi xartiyasining qabul qilinishi bilan ahamiyatli bo'ldi. U moliya, korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat xaridlari kabi muhim sohalarda shaffoflik va halollikning yuqori standartlarini belgilaydi. Xartiyaga qo'shilib, tadbirkorlar halol raqobat, korrupsiyaning oldini olish va ijtimoiy mas'uliyat tamoyillariga rioya qilish majburiyatini oladi. Hujjat Biznes-ombudsman, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishlab chiqilgan. Qisqa vaqt ichida Xartiyaga 500 dan ortiq tadbirkor qo'shildi va shu bilan biznes yuritishda halollik va ochiqlikka tayyor ekanliklarini bildirdi.

 

 

III "Biznes halollik" forumi O'zbekiston ishbilarmon doiralari uchun yana bir muhim voqea bo'ldi. Mazkur forum 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag'ishlandi. "Biznes amalyotida va davlat tomonidan biznes faoliyatini tekshirish jarayonlarida korrupsiya xavflarini kamaytirish" mavzusidagi navbatdagi xalqaro biznes-forum Biznes-ombudsman tomonidan BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi hamkorlikda tashkil etildi.

 

 

Forumda xorijiy Biznes-ombudsmanlar, vazirlik va idoralar, nazorat organlari, tadbirkorlik subyektlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlarining 100 dan ortiq vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

 

Forumning asosiy maqsadi biznes huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish tizimni isloh qilish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tajriba almashishdan iborat. Forum yakunida tadbirkorlik subyektlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasiga qo'shilishiga bag'ishlangan tantanali marosim o'tkazildi.

Turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: 2030-yilgacha sohaga 3,1 trillion so‘m ajratiladi

Turizm infratuzilmasi kengaytiriladi: 2030-yilgacha sohaga 3,1 trillion so‘m ajratiladi

Yangi turizm loyihalarini amalga oshirish uchun 5 ming gektar yer maydonini auksion savdolariga chiqarish rejalashtirilgan.

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

Buxoroda madaniy meros obyektlari yangilanadi: muzeylar tashkil etish rejalashtirilmoqda

2027-yilda o‘tkaziladigan ikkinchi Buxoro xalqaro biyennalesi doirasida 2,3 kilometrlik madaniy sayr yo‘nalishi yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi: har bir tuman va shaharda kamida bittadan

Maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi: har bir tuman va shaharda kamida bittadan

O‘zbekistonda 2030-yilgacha voleybol bilan shug‘ullanuvchilar soni 1 millionga yetkaziladi.

Noqonuniy dori vositalari savdosi: 143 ming donadan ortiq shubhali dori-darmonlar fosh etildi

Noqonuniy dori vositalari savdosi: 143 ming donadan ortiq shubhali dori-darmonlar fosh etildi

Tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Diplomatik yordam samarasi: 53 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Diplomatik yordam samarasi: 53 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

U murakkab vaziyatga tushib qolgani sababli Bosh konsulxonaga yurtga qaytishda ko‘mak so‘rab murojaat yo‘llagan.

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

Birinchi sinfdan boshlangan zo‘ravonlik: ota qizini yillar davomida zo‘rlab kelgan

2010-yilda tug‘ilgan qizga otasi tomonidan yillar davomida jinsiy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi.

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Profilaktika inspektoriga murojaat qilish osonlashadi: yangi tartib belgilandi

Fuqarolar ushbu tizim orqali kunning istalgan vaqtida inspektorlarga bevosita xabar yuborishi mumkin bo‘ladi.

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Markaziy bozor faoliyati to‘xtatildi: yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan

Savdo maskani aynan qaysi sanada qayta ish boshlashi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.