O'zbekiston

Farg‘onadagi portlashda vafot etganlar soni 4 nafarga yetdi

Bu haqida viloyat IIB xabar berdi.

Farg‘onadagi portlashda vafot etganlar soni 4 nafarga yetdi

Joriy yilning 17 dekabr soat 13:45 larda Farg‘ona shahar, Yangiyo‘l mahallasidagi “Petrolium” propan gaz quyish shoxobchasida 5 m. kub sig‘imli konteynerga gaz quyish jarayonida yoriq kelib chiqib, gaz moddasi tashqariga sizib chiqishi oqibatida, portlash va yong‘in sodir bo‘lgan.

 

Natijada, 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan, shu hududda bo‘lgan bir nechta fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ulardan 3 nafari shifoxonada vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 259-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida 5 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.

 

Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

O‘zbekiston TIVda “Dolzarb viza” oyligi boshlandi

Oylik doirasida o‘zbekistonliklar uchun vizasiz mamlakatlar sonini oshirish va viza olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralar faollashtiriladi.

custom img

O‘zbekistonda taqiq yoki xatlovdagi uyda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi

Ko‘chmas mulkka oid huquqlarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladi. Ayrim holatlarda uy-joyni sotishdan olingan daromadni soliqqa tortish tartibi ham o‘zgaradi.

custom img

Toshkentda qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida geroin, gashish, opiy va mefedron musodara qilinib, bir necha shaxs qo‘lga olingan.

custom img

Ellikqalʼada voyaga yetmagan shaxs otasining mashinasida avariyaga uchrab, boshqa mashinaga 79 mln zarar yetkazdi

Yetkazilgan zarar uning otasining ish haqi hisobidan MIB orqali jabrlanuvchiga undirib berilgan.

custom img

Toshkentda MIB xodimning 255 mln ish haqini undirib berdi

Qarzdor korxona ixtiyoriy muddatda sud qarori talablarini bajarmagach, unga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilgan.

custom img

Toshkentda fuqaro kredit qarzi sabab mashinasidan ayrildi

U shartnoma bo‘yicha majburiyatini bajarmagan va ZEEKR rusumli avtotransport vositasi auksionga chiqarilgan.

custom img

Toshkentda soliq qarzi tufayli avtomashina xatlandi

Aniqlanishicha, qarzdor korxona 181 million 855 ming so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligini uzoq vaqt davomida to‘lamagan.

custom img

Sirdaryoda MIB orqali qidiruvdagi mashina topildi

Fuqaro bankdan kredit olishda uni garovga qo‘ygan va keyinchalik uni yashirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"