Jahon

Ugandada yangi virus tarqalmoqda

Kasallik tufayli bemorlar o‘z harakatlarini nazorat qila olmaydi.

Ugandada yangi virus tarqalmoqda

Ugandada "Dinga Dinga" virusining epidemiyasi avj olgan. Buning aniq sababi nomaʼlum bo‘lsa-da, sog‘liqni saqlash mutaxassislari ushbu epidemiyani tekshirishga qattiq eʼtibor qaratmoqda.

 

Xabarlarga ko‘ra, sirli kasallik tufayli bemorlar o‘z harakatlarini nazorat qila olmay, xuddi raqs tushganga o‘xshab qaltiray boshlaydi. Natijada bemor yurishga va boshqa harakatlarni bajarishga qiynaladi. Mahalliy aholi “Dinga Dinga” deb ataydigan bu xastalik Ugandaning Bundibugyo tumanida tez tarqalmoqda va shifokorlarni hayratda qoldirmoqda.

 

Sog‘liqni saqlash xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, bu xastalik bilan hozirgacha 300 bemor, asosan ayollar va qizlar og‘rigan.

 

Tuman sog‘liqni saqlash xodimi Doktor Kiyita Kristofer, mahalliy ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida aytishicha, Bundibugyo mintaqasidan tashqarida hozircha hech qanday yuqish holati qayd etilmagan. Olingan namunalar tahlil qilish uchun sog‘liqni saqlash vazirligiga jo‘natilgan.

 

Shifokor, shuningdek, kasallik natijasida o‘lim holatlari qayd etilmagani va kasallikni odatda antibiotiklar bilan davolash mumkinligiga ishontirdi.


Ko‘pgina bemorlar o‘zlarini davolash uchun turli giyohlardan foydalanishyapti. Biroq doktor bu usulga  qarshi chiqqan.

 

"Giyohlar bu kasallikni davolay olishi haqida hech qanday ilmiy dalil yo‘q. Hozir maxsus davolash usullaridan foydalanyapmiz va bemorlar odatda bir hafta ichida tuzalib ketishyapti”, degan doktor.

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"