Sport

21-asrdagi eng g'alati transfer

Bu "Liverpul" va Tottenhem" jamoalari ishtirokida sodir bo'lgan.

21-asrdagi eng g'alati transfer

 

APLning navbatdagi turining markaziy o'yini Londonda bo'lib o'tdi. Unda "Liverpul" "Tottenhem"ni 3:6 hisobida mag'lub etdi. O'yindan so'ng Arne Slot jamoasi turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlagan bo'lsa, londonliklar bilan esa buning aksi sodir bo'ldi. 16 yil oldin ikki jamoaga tegishli bo'lgan g'alati transfer sodir bo'lgandi. Gap hujumchi Robbi Kin haqida ketmoqda. O'shanda futbolchi “Tottenhem”dan “Liverpul”ga o'tgandi. Olti oydan so‘ng esa yana eski jamoasiga kelib qo'shilgan.

 

Kin 2008-yilning yozida "Liverpul"ga o'tdi va uning transferi mersisaydliklar uchun 24 million yevroga tushdi. O'shanda Robbi "Tottenhem" sardori edi. Transferdan bir necha oy oldin Kin London klubi bilan Angliya liga kubogini qo'lga kiritgandi. Aytish kerakki, "Tottenhem" "Liverpul"ning ushbu transferni amalga oshirganidan juda xafa bo'ladi. London klubi rahbarlari mersisaydliklarni futbolchi bilan poytaxt jamoasining ruxsatisiz muzokara olib borishda ayblaydi.

 

"Liverpul" transfer ustida ishlayotganini eshitganimda juda xafa bo'ldim, - degan "Tottenhem" rahbari Daniel Levi. Bundan tashqari, Robbining o'zi ketish istagini bildirganidan va uni sotishni so'raganidan xafa bo'ldim. Tushunishimcha, transfer ikki klubning roziligi bilan amalga oshiriladi. Bu majburiy sotish edi. Biz 24 million yevroga kelishib oldik. Men "Liverpul"ning xatti-harakatini sharmandali deb aytgan bo'lardim. Biz boshidanoq Kinni sotishdan manfaatdor emasligimizni aytgan edik. “Liverpul”dan futbolchini o‘z tomoniga og'dirishga urinmaslikni so‘radik. Klub bu iltimosni e'tiborsiz qoldirdi. Ular bizning ruxsatimizsiz futbolchi va agentlar bilan bog‘lanishdi”.

 

Shunga qaramay, "Liverpul" Kin bilan shartnoma imzolaydi. Irlandiyalikning o'zi bu transferdan keyin bolaligida mersisaydliklarni qo'llab-quvvatlaganini aytadi. Biroq, Kin "Enfild"da bir necha oy o'ynaydi. 28 o'yin, yetti gol, beshta golli uzatma: bu uning "Liverpul" safidagi statistikasi edi.

 

"To'g'risini aytsam, nima uchun Kinni sotib olganimizni tushunmadim", - degan "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager bir necha yil o'tib. Robbi "Tottenhem"ning eng yaxshi o'yinchisiga aylandi, ammo biz hujumda muammoga duch kelmayotgan edik. Kin "Liverpul"ga o'tganida hayron bo'ldim. U Benites bilan kelisha olmadi. Boshqa murabbiy bo‘lganida hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi”.

 

O'shanda Fernando Torres markaziy hujumchi sifatida o'ynardi, Stiven Jerrard esa unga orqaroqda yordam berardi. Bunday vaziyatda Kinning imkoniyati kam edi. Irlandiyalik futbolchi hech qachon Rafael Benites qo'l ostida "Liverpul" tarkibida mustahkam o'rin egallamagan.

 

"Benites meni chap qanot himoyachisi qilmoqchi edi. Lekin, bu mening pozitsiyam emasligi hammaga ayon. Markaziy hujumchi sifatida o'ynaganimda gol urganman. Bu gol urishga odatlangan odam uchun falokat. Boshqa tomondan, Benites men ishlagan barcha murabbiylar ichida taktikani juda yaxshi biladigan murabbiy. U o'yinni ichkarisidan ham, tashqaridan ham biladi. Hech narsadan afsuslanmayman. Menga buyuk klubda o'ynash va "Enfild"da gol urish baxtiga muyassar bo'ldim".

 

Kin o'sha yili qishki transfer oynasining so'nggi kunida "Liverpul"ni tark etdi. Qizig'i shundaki, u yana "Tottenhem"ga qaytadi. London jamoasi sobiq futbolchisi uchun 16,7 million yevro to'laydi.

 

"Tottenhem" qaytishimni xohlardi. Men, o'z navbatida, zahirada o'tirishni xohlamadim. Albatta, "Liverpul"da uzoq vaqt qolishga umid qilgandim, ammo vaziyat boshqacha bo'lib chiqdi", - deya eslaydi futbolchi.

 

Benites transferdan keyin klub to'g'ri qaror qabul qilganini aytdi. O'shanda Kin 29 yoshda edi, ispaniyalik murabbiyning so'zlariga ko'ra, agar mersisaydliklar o'yinchini sotishni kechiktirganlarida, ular jiddiyroq yo'qotishlarga duch kelishardi. Chunki, o'shanda irlandiyalikning narxi yanada arzonlashgandi.

 

“Kin juda yaxshi futbolchi. Lekin, biz tezda qaror qabul qilishimiz kerak edi. Biznes nuqtai nazaridan, uni ayni o'sha vaqtda sotish yaxshiroq edi. Biz bu qadamni tashladik. Agar buni keyinroq qilganimizda, futbolchi uchun ham, biz uchun ham yomon bo'lardi. Robbi professional tarzda harakat qildi. U qattiq mehnat qildi. Kiyinish xonasida u bilan bog'liq hech qanday muammoga duch kelmadik”.

 

London klubiga qaytganidan so'ng Kin 52 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi. Shundan so‘ng “Seltik” va “Vest Xem”da ijara asosida o'ynaydi. Undan keyin, 2011-yilda esa “Los-Anjeles Gelaksi”ga jamoasiga o'tadi. Kin 2018-yilda faoliyatini yakunlaydi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Manchester Siti» sotilishi mumkinmi? Klub egalari rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda

«Manchester Siti» sotilishi mumkinmi? Klub egalari rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda

Bunga moliyaviy mojaro va muxlislarning munosabati sabab bo‘lgani aytilmoqda.