O'zbekiston

“Hujra”larda taʼlim olayotgan maktab o‘quvchilari aniqlandi

Ikkita tumanda maktab direktorlari ishdan bo‘shatildi.

“Hujra”larda taʼlim olayotgan maktab o‘quvchilari aniqlandi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Asaka tumanida istiqomat qiluvchi G.E. (ayol) hech qanday maxsus bilimga ega bo‘lmasa-da, o‘zining yashash xonadonida 2014—2016 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 5 nafar voyaga yetmagan o‘g‘il bolaga noqonuniy ravishda diniy saboq berib kelgan.

 

Bolalarning 4 nafari andijonlik, 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatidan kelgan.

 

Taʼkidlash lozimki, 2016-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan bolaning ota-onasi farzandining o‘qishini G.E. orqali 2023 yilning noyabr oyida Asaka tumanidagi umumiy o‘rta taʼlim maktablaridan birining 2-sinfiga ko‘chirishgan.

 

Maktab direktori esa bolani ota-onasining arizasisiz, tegishli buyruq chiqarmasdan o‘qishga qabul qilgan. Shuningdek, uni “hujra” sharoitida diniy taʼlim olayotganidan xabardor bo‘lsa-da, zarur choralarni ko‘rmagan.

 

Qashqadaryolik bola fuqaro G.E.ning uyida yashagan va diniy saboq olgan. Ammo, mazkur ayol tomonidan muttasil kaltaklanishi oqibatida olgan jarohatlari tufayli, u shifoxonaga yotqizilgan.

 

Holat yuzasidan G.Ega nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Shuningdek, maktab direktoriga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi.

                         

Andijon tumanida ham shu kabi holat aniqlandi. Fuqaro A.U. (erkak) o‘z uyida “hujra” tashkil qilib, 2010 va 2013 yillarda tug‘ilgan 4 nafar o‘g‘il bolalarga diniy saboq berib kelgan.

 

Bolalardan biri Toshkent shahrida yashasa-da, ota-onasining xohishi bilan diniy saboq olishi uchun uning o‘qishi Andijon tumanidagi umumiy o‘rta taʼlim maktablaridan biriga ko‘chirilgan.

 

Afsuski, bola maktab darslariga qatnashmagan bo‘lsa-da, mazkur maktab direktori uni majburiy taʼlimga jalb qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmagan.

 

Maktab direktoriga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi.

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Buning uchun talabgorlar kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi va boshqa mezonlarga javob berishi kerak.

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, bunga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi bildirilgan.

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

U bilan birga tovlamachilik qilgan bloger Aziz G‘oipnazarov ham sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroga bankdagi tanishlari orqali kredit chiqarib berishni va’da qilgan.

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Bahriddin Ro‘ziyev Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va xalqaro logistika markazini tashkil etish ishlariga hissa qo‘shgan.

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi.

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

U va kadastr idorasi mansabdori fuqarodan auksion orqali arzon narxda yer olib berish evaziga pul talab qilgan.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.