O'zbekiston

“Uyda yolg‘iz” filmidagi mashhur uy sotildi

U 5,25 million dollarga baholangan.

“Uyda yolg‘iz” filmidagi mashhur uy sotildi

“Uyda yolg‘iz” filmida bosh qahramon Kevin Makkallisterning oilasi yashagan ikki qavatli uy Yangi yil bayrami arafasida sotib yuborildi. Bu haqida “The Independent" nashri xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, qariyb 850 metr kvadrat maydonga ega ikki qavatli g‘ishtin uy joriy yil may oyida 5,25 million dollarga baholangan. Uy ro‘yxatga olingan Coldwell Banker Realty veb-saytida  "sotish kutilmoqda" deb yozilgan, yaʼni sotuvchi mulk bo‘yicha taklifni qabul qilgan.

 

Makkallisterlar uyi 1990 yildagi film muvaffaqiyatidan keyin ikkinchi marta sotuvga qo‘yilgan. 2012 yilda uy 1,58 million dollarga sotilgan. Xaridor topilishiga bir yil vaqt ketgan.

 

Keyin yangi egalar uyni qayta taʼmirlagan. Bosh qahramon chanada tushgan ikkinchi qavatdagi asosiy zinapoya ham rekonstruksiya qilingan.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mashinalar auksionda sotiladi.

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Surxondaryoda narkotik moddalarni avtomobil ehtiyot qismlariga yashirib olib kirish va qabul qilib olish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Endi ikki yoki undan ortiq faol moddali dorilar ham retseptsiz sotiladigan toifaga kiritililadi.

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Kadrlar yetishmayotgan shimoliy hududlarida o‘zbekistonlik kadrlarni tayyorlash va ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Zangiotada elektrdan qarzdorlik sabab mashinalar xatlandi

Zangiotada elektrdan qarzdorlik sabab mashinalar xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaroning tokdan 3 mlrd so‘mdan ziyod qarzi mavjud bo‘lgan.