O'zbekiston

Yangi Toshkentda metro va elektobuslar tashkil etiladi

Yangi shaharda ekologik transport tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi Toshkentda metro va elektobuslar tashkil etiladi

Davlatimiz rahbari Yangi Toshkent shahrida transport infratuzilmasi va muhandislik tarmoqlari qurilishi bilan tanishdi.

 

Maʼlumki, mazur shahar 1 million aholi yashashiga mo‘ljallangan. Infratuzilma shunga mos va uzoq muddatli bo‘lishi kerak. Shu bois hozirgi kunda katta hajmda yer osti muhandislik ishlari bajarilib, ulkan bunyodkorlikka zamin yaratilmoqda.

 

Shaharda infratuzilma, turmush va ekologiya mutanosib bo‘ladi. Masalan, ekologik transport tizimi tashkil etiladi. Metro va elektrobuslar uyg‘unlikda harakatlanadi. Transportlar qatnovi uchun 14 ta tunnel, 100 ming avtomobilga mo‘ljallangan yer osti turargohlari quriladi. Piyodalar hamda velosipedchilarning to‘siqsiz va xavfsiz harakatlanishi uchun keng qulaylik yaratiladi. 

 

Bugungi kunda bo‘lajak chorrahalardan birida ustunlar poydevorini quyish va gidroizolyatsiya ishlari bajarilmoqda. Prezidentimiz bu jarayonni ko‘zdan kechirdi. Kelajakni inobatga olib, qurilishda yuqori sifatli va tashqi taʼsirlarga chidamli mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

 

Shuningdek, ayni paytda bir va ikki seksiyali muhandislik kollektorlari qurilishi boshlangan. Ular orqali markazlashgan issiqlik va suv quvurlari, elektr energiyasi, telekommunikatsiya kabi barcha muhandislik tarmoqlari yer tagidan o‘tkaziladi.

 

Shaharda zamonaviy urbanizatsiya talablari asosida “aqlli” texnologiyalar qo‘llaniladi. Yurtimizda ilk bor “uch generatsiya” stansiyasi quriladi. Oqova suvlar ham zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlanib, sug‘orish va texnik maqsadlar uchun yo‘naltiriladi. 

 

Davlatimiz rahbariga Yangi Toshkentning birinchi bosqichida ko‘zda tutilgan loyihalar haqida ham axborot berildi. Auksion orqali sotuvga chiqarilgan yer uchastkalari g‘oliblari o‘zlarining investitsiyaviy loyihalarini taqdim etishdi.

 

Shaharga ko‘plab mahalliy va xorijiy investorlar qiziqish bildirmoqda. Xususan, birinchi bosqichda 490 million AQSH dollari qiymatidagi 11 ta ko‘p funksiyali (mix-used) majmua, mehmonxona va restoranlar loyihalari boshlangan. Turar joylar, tijorat joylari va ijtimoiy muassasalar hududni gavjumlashtiradi. Mehmonxona va restoranlar, o‘ziga xos dizayndagi muhtasham binolar tashrif buyuruvchilarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishi bilan birga shaharni turizm markaziga aylantiradi.

 

Yanagi yilda shaharning keyingi bosqichlari uchun yer uchastkalari bosqichma-bosqich taklif qilinadi. Har bir bosqichda, yangi investitsion imkoniyatlar va loyihalar taqdim etiladi. Bu, o‘z navbatida, nafaqat shaharni rivojlantirish, balki ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy biznesni qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qiladi.

 

Umuman, kelajakda shaharda innovatsion texnologiyaga asoslangan, yuqori daromadli 200 mingta ish o‘rni yaratiladi. Buning uchun yangi texnoparklar, IT-park, taʼlim va tibbiyot klasterlari tashkil etiladi.

 

custom img

Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi

Paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari, yem-xashak ekinlari va sovitilgan go‘sht importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

custom img

Kommunal xo‘jaligi xodimlari uchun: O‘zbekistonda yangi faxriy unvon ta’sis etildi

Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan va aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlanadi.

custom img

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

custom img

Global innovatsiya indeksi: O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 77-o‘rinni egalladi

Mamlakat o‘tgan yilgi natijasiga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

custom img

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

Toshkent Botanika bog‘idagi daraxt kesish va qazish ishlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

custom img

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Parlamentda bolalarni himoya qilish va jazolarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan

G‘uzorda paxta dalasiga erta yetilishni taʼminlash maqsadida dori sepilgani ortidan o‘quvchilarda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"