O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefonlashdi

Yetakchilar bir-birini Yangi yil bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefonlashdi

30 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bir-birini va qardosh xalqlarimizni kirib kelayotgan 2025 yil bilan samimiy qutlab, sihat-salomatlik, baxt-saodat, farovonlik, tinchlik va ravnaq tiladilar.

 

O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

 

O‘zaro tovar ayirboshlashning jadal surʼatlar bilan o‘sib, energetika, transport, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya kengayib borayotgani, idoralararo va hududlararo aloqalar, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Davlatimiz rahbari bu yil shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan yuksak saviyada o‘tkazilgan xalqaro tadbirlarga alohida to‘xtaldi. O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan badiiy film suratga olingani, bir qator qo‘shma tadbirlar o‘tkazilgani taʼkidlandi.

 

Suhbat chog‘ida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish nuqtai nazaridan mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

 

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"