Jahon

Shavkat Mirziyoyev nomiga Yangi yil tabriklari kelmoqda

Xorijiy yetakchilar O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik tilaklarini izhor etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev nomiga Yangi yil tabriklari kelmoqda

Kirib kelayotgan yangi - 2025 yil munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat va din arboblaridan samimiy tabrik va tilaklar kelmoqda.

 

Xalqaro hamkorlar o‘z qutlovlarida mamlakatimiz yetakchisi rahbarligida Yangi O‘zbekistonda siyosiy yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, davlatning jahon miqyosidagi nufuzi va mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladigan faol, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosat olib borilayotganini qayd etmoqda.

 

Xorijiy yetakchilar O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.

 

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

  • Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;
  • Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;
  • Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
  • Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
  • Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
  • Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
  • Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
  • Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
  • Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;
  • Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;
  • Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
  • Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba;
  • Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Kir Starmer;
  • Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
  • Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon;
  • Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun;
  • Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
  • Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
  • Latviya Respublikasi Prezidenti Edgars Rinkevichs;
  • YUNESKO bosh direktori Odri Azule;
  • XAEA bosh direktori Rafael Grossi;
  • Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min;
  • Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev;
  • Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
  • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon;
  • Jahon banki prezidenti Ajay Banga;
  • Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Lisyun;
  • Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro fondi prezidenti Alvaro Lario.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

custom img

Isroil Hizbulloh bazasini portlatdi: portlash 4,1 magnitudali zilzilaga sabab bo‘ldi

2 kilometrdan ortiq uzunlikdagi ikkita tunnelni yo‘q qilish uchun 1 ming tonnadan ortiq portlovchi modda ishlatilgan.

custom img

Eron ballistik raketalar ishlab chiqarishni qayta boshlagani aytilmoqda — WSJ

Eronda ballistik raketalar ishlab chiqarish qayta tiklangani haqida xabarlar tarqaldi. Maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatning ayrim yerosti inshootlarida raketa yig‘ish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Qizil dengizda navbatdagi xavf: Husiylar Moxa portini egalladi

Mazkur bo‘g‘oz Qizil dengiz va Aden ko‘rfazini bog‘laydi hamda Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi muhim dengiz savdo yo‘llaridan biri hisoblanadi.

custom img

“75 maktub” ishi: Tashiyevga qo‘yilgan ayblov o‘zgartirildi

Bishkek shahar sudi Tashiyev va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan avvalgi hukmni o‘zgartirib, “hokimiyatni kuch bilan egallash” moddasini almashtirdi.

custom img

Rossiyada migrantlarga yangi talab: ishlamaydigan oila aʼzosi ham soliq to‘laydi

Tegishli tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

custom img

Kongodagi maktab yong‘inida kamida 24 o‘quvchi halok bo‘ldi

Yong‘in oqibatida 300 ga yaqin uy ham vayron bo‘lgan.

custom img

Isroil bir hafta ichida G‘arbiy Sohilda 100 dan ortiq falastinlikni hibsga oldi

Hibsga olinganlar orasida bolalar, jurnalistlar va yaqinda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingan sobiq mahbus ham bor.

custom img

Jazoir BAA bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Jazoir bunga BAAning provokatsion harakatlari sabab bo‘lganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"