O'zbekiston

“Haj” va “Umra” bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Hozirda bu bo‘yicha 5 kishi javobgarlikka tortilgan.

“Haj” va “Umra” bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Namangan shahrida yashovchi O.S. mahalliy fuqaro hamda uning onasini turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi MCHJ orqali 2025 yilgi “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoniga farz amallarini bajarish uchun yuborish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Shuningdek, Guliston shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi taʼsischisi G‘.A. tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasada, Sirdaryo tumanida yashovchi fuqaro va uning 4 nafar qarindoshini “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 6000 AQSH dollari talab qilib, oldindan 400 AQSH dollari va 1,3 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

 

Bunday noqonuniy holatlar Surxondaryo viloyatida ham qayd etildi. Xususan, Sariosiyo tumanidagi sayyohlik firmasi ishchisi D.R. hech qanday vakolati bo‘lmasada, mahalliy fuqaroni “Umra” amallarini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 1100 AQSH dollari va 200 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi.

 

Denov shahridagi sayyohlik firmasi rahbari Sh.Q. fuqaroni “Umra” safariga yuborishni vaʼda qilib, evaziga 1000 AQSH dollari va 1 mln 280 ming so‘m olgan vaqtida ushlangan bo‘lsa, Denov tumanida yashovchi X.N. o‘zganing ishonchiga kirib, unga o‘zi ishlayotgan sayyohlik yo‘nalishidagi MCHJ orqali “Umra”ga borishlik uchun imtiyozli yo‘llanmasi borligini aytib, uni Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborish evaziga 1200 AQSH dollari va 650 ming so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"