O'zbekiston

Toshkent aeroportida salkam 110 ming dollar to‘xtatib qolindi

So‘nggi kunlarda aeroportda valyutalarni yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinishlar ortdi.

Toshkent aeroportida salkam 110 ming dollar to‘xtatib qolindi

Qayd etilishicha, bojxonachilar salkam 110 ming AQSH dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yishdi.

 

Jumladan, Nyu-Yorkka parvozi oldidan yo‘lovchilardan biri qo‘l sumkasidagi 42 200 AQSH dollari haqida bojxona xodimlariga na og‘zaki, na yozma tarzda maʼlum qilishni “unutib” qo‘yibdi.

 

Istanbulga uchib ketayotgan 2 nafar yo‘lovchilardan birining 19 900 AQSH dollarini, ikkinchisining esa 18 200 AQSH dollarini qo‘l sumkalarida “bamaylixotir” olib chiqishga urinishlari naf bermadi.

 

Yangi yilning ilk kunida esa Pekinga safarga otlangan xorijiy fuqaro yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida maʼlum qilmasdan turib, 12 200 AQSH dollarini olib chiqayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

 

Shuningdek, bojxona xodimlari Bishkekka uchib ketayotgan yo‘lovchining 4450 AQSH dollarini va Nyu-Yorkka uchib ketayotgan yo‘lovchining 11 810 AQSH dolalarini noqonuniy olib chiqishga bo‘lgan urinishini bartaraf etishdi.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

custom img

3472 so‘mgacha: Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova suv tariflari oshiriladi

Yangi tariflar 3-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Istanbul–Toshkent reysi 3 soatdan ortiq kechikdi: Raqobat qo‘mitasi o‘rganish boshladi

Yo‘lovchilarga zarur axborot va xizmatlar ko‘rsatilgani hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilgani tekshirilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik tashrif bilan boradi

Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

custom img

Qarzdorlik evaziga pora: Ohangaronda MCHJ rahbari ushlandi

Bosh pudratchi asfaltlashtirish obyektini yordamchi pudratchiga biriktirib berish hamda 1,2 mlrd so‘mlik qolgan to‘lovni amalga oshirish evaziga 83,5 ming dollar talab qilingan.

custom img

Chiqindidan elektr: Jizzaxda kuniga 1 000 tonna chiqindi qayta ishlanadi

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Aktrisa Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi

Aktrisa  34 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritgan.

custom img

Yangi Toshkent aeroporti qurilishi munosabati bilan 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Ularning 2 tasi Quyi Chirchiq, 5 tasi O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan.

custom img

Davomatni sun’iy intellekt nazorat qiladi: Toshkentdagi 26 ta maktabda yangi tizim sinovdan o‘tkazilmoqda

Tizim smart kameralar va Face ID texnologiyasi orqali o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini avtomatik qayd etadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"