Jahon

Xitoyda Registonning muzdan ishlangan maketi namoyish etildi

Xarbin shahrida 26-qishki muz va qor festivali o'tkazilmoqda.

Xitoyda Registonning muzdan ishlangan maketi namoyish etildi

 

Xitoyning Xarbin shahridagi "Muz va qorning katta olami" tematik parkida 26-qishki muz va qor festivali ochildi.

 

An’anaviy festivalning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri Samarqanddagi Registon maydonining muzdan ishlangan maketidir. Tashkilotchilarning ma’lumotiga ko‘ra, qorli shaharchani qurish uchun jami 300 ming kub metr muz va qor sarflangan.

 

Shaharcha to‘qqizta asosiy zonaga bo‘lingan bo‘lib, ularda Osiyo Olimpiya Kengashiga a’zo 42 ta mamlakat va 3 ta hududning diqqatga sazovor joylari maketlari yaratilgan. Uning dizayni va qurilishida 2025-yil 7-fevral kuni Xarbinda boshlanadigan qishki Osiyo o‘yinlari elementlaridan foydalanilgan.

 

Tashrif buyuruvchilar mingdan ortiq g‘aroyib hamda rang-barang yoritgichli muz va qor haykallarini, shu jumladan, Osiyo davlatlarining namunaviy binolarida tasvirlangan art-ob’yektlarini ko‘rishlari mumkin. Bu yerda har bir kishi uchun turli madaniy tadbirlar va qishki ko‘ngilochar dasturlardan bahramand bo‘lish imkoniyati mavjud.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.