Jahon

Bayden 15 yanvarda xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi

Bu AQShda lavozimini tark etayotgan prezidentlar uchun an’anaga aylangan.

Bayden 15 yanvarda xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi

 

AQSh prezidentligidan ketayotgan Jo Bayden 15-yanvar kuni millatga xayrlashuv murojaati bilan chiqadi. Uning Oval kabinetdan chiqishi mahalliy vaqt bilan soat 20:00 ga (Toshkent vaqti bilan 16 yanvar 4:00) rejalashtirilgan. Bu haqida Oq uy rasmiy sayti xabar bermoqda.

 

Xabarda tafsilotlar keltirilmagan, ammo xayrlashuv nutqi AQShda lavozimini tark etayotgan prezidentlar uchun an’anaga aylangan. Shu tariqa, noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Oq uy rahbari etib saylangan Donald Tramp birinchi prezidentlik muddati yakunida xayrlashuv nutqining katta qismini o‘z ma’muriyati siyosatining muvaffaqiyatlari deb hisoblagan jihatlarga bag‘ishladi. Xususan, Tramp "birorta ham urush boshlamaganini", biroq ayni paytda Xitoyga to‘qnash kelganini va "AQShning boshqa davlatlar bilan ittifoqlarini tiklaganini" aytdi.

 

10-yanvar kuni Jo Bayden AQSh prezidenti sifatidagi so‘nggi suhbatlaridan birini Ukraina prezidenti Viladimir Zelenskiy bilan o‘tkazdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Bayden "Ukraina mustaqilligini saqlab qolish va himoya qilish butun Yevropa va demokratik dunyo uchun muhim" ekanini yana bir bor ta’kidladi. Uning millatga xayrlashuv murojaatda ham shu mavzuga to‘xtalishi kutilmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.