Jahon

Yevropa davlatlaridan boshpana so‘rovchilar soni kamaymoqda

Germaniya arizalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

Yevropa davlatlaridan boshpana so‘rovchilar soni kamaymoqda

"2024 yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Norvegiya va Shveysariyada boshpana olish uchun birlamchi arizalar soni taxminan 12% ga kamayib, 1,008 millionni tashkil etdi. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 1,14 million edi", deb xabar bermoqda Yevropa Ittifoqining Boshpana masalalari bo‘yicha agentligi.

 

Germaniya boshpana olish uchun birlamchi arizalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda: o‘tgan yili deyarli 236 mingta ariza topshirilgan. Ikkinchi o‘rinda Ispaniya (165,4 ming), undan keyin Fransiya (158,5 ming) va Italiya (154,8 ming) joylashgan. 2024 yilda boshpana olish bo‘yicha eng kam ariza Vengriyada topshirilgan – atigi 29 ta.

 

O‘tgan yili Yevropa Ittifoqi davlatlaridan boshpana so‘rovchilarning asosiy qismi Suriyadan (15%) bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Afg‘oniston (8,7%), Venesuela (7,3%) va Turkiya (5,5%) turibdi.

 

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"