Jahon

Rossiya va Eron o‘rtasida hamkorlik bitimi tuzildi

Hujjat kirish so‘zi va 47 moddadan iborat.

Rossiya va Eron o‘rtasida hamkorlik bitimi tuzildi

17-yanvar kuni Moskva shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Eron Prezidenti Masʼud Pezeshkian o‘zaro muzokaralar yakunida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomani imzolashdi.

 

Imzolash marosimidan oldin ikki davlat rahbarlari ortasida Kreml saroyida uchrashuv o‘tkazildi.

 

Rossiya va Eron o‘rtasidagi munosabatlar 2001 yilda imzolangan “O‘zaro munosabatlar asoslari va hamkorlik tamoyillari to‘g‘risidagi shartnoma”ga muvofiq holda rivojlanib kelgan. Mazkur hujjat har besh yilda avtomatik ravishda uzaytiriladi. So‘nggi yillarda ikki davlat ushbu hujjat yangi geosiyosiy sharoit va hamkorlikning yuqori darajasiga javob bermasligini taʼkidlab kelishdi. 2022 yil yanvar oyida Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan Moskva tashrifi davomida yangi shartnoma ustida faol ish boshlashga kelishilgan edi.

 

Eronning Rossiyadagi elchisi Kazim Jaloliy maʼlum qilishicha, hujjat kirish so‘zi va 47 moddadan iborat bo‘lib, ikki davlat munosabatlarini kamida 20 yil davomida barcha sohalarda tartibga soladi.

 

Rasmiylarning taʼkidlashicha, ushbu hujjat harbiy ittifoq tuzishni nazarda tutmaydi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiyning qayd etishicha, shartnomada xavfsizlik va mudofaa sohalarida hamkorlik ko‘zda tutilgan, ammo u harbiy ittifoq tuzish maqsadini o‘z ichiga olmaydi.

Komila Odilova tayyorladi

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"