O'zbekiston

Olmaliqda 51 yoshli ayol is gazidan zaharlanib vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Olmaliqda 51 yoshli ayol is gazidan zaharlanib vafot etdi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida is gazidan zaharlanish oqibatida o‘lim holati qayd etildi. Bu haqida Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, shahar IIB navbatchilik qismiga 23 yanvar kuni Zarbuloq mahallasida yashagan, 1974 yilda tug‘ilgan D.X. (ayol) vafot etgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda aytilishicha, ayol tunda gaz plitasiga suv to‘la idishni qo‘ygan, ammo birozdan so‘ng o‘zi uxlab qolgan. Idishdagi suv qaynab tugagan bo‘lsa ham, gaz yonishda davom etgan.

 

Ayolning eri uyg‘onib ketgach, gazni o‘chirgan, unda ham zaharlanish alomatlari bo‘lgan va shifoxonaga yotqizilgan. 

 

Ekspertizaga ko‘ra, marhumaning o‘limi o‘tkir is gazidan zaharlanishdan yuzaga kelgan o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etgani ko‘rsatilgan.

 

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Tadbirda a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor mamlakatlar maxsus xizmatlari vakillari qatnashmoqda.

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

9 oyda fuqarolardan qurilish sifati va obyektlarning kech topshirilishi yuzasidan 1 700 dan ortiq shikoyat kelib tushgan.

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

U xodim nomidan soxta profil yaratib, jarimalarni to‘lashga yordam berish bahonasida fuqarolardan pul olgan.

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Ularning telefonidan yana bir fuqaroni elektroshoker yordamida olib qochish rejasiga oid yozishmalar topilgan.

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida aholiga gaz va ko‘mir yetkazib berish ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Bekatlarda kutish vaqti uzaydi: Toshkentda avtobuslar nega kechikmoqda?

Bekatlarda kutish vaqti uzaydi: Toshkentda avtobuslar nega kechikmoqda?

Transport boshqarmasi  avtobuslarning harakat intervali nega buzilayotganiga izoh berdi.

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Ular bir fuqaroni majburan avtomashinaga o‘tqazib olib ketgan, shuningdek, yana bir kishini elektroshoker yordamida hushsizlantirib bo‘lsa ham olib kelish haqida topshiriq olgan.

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Aktrisaning ko‘cha va bekat atrofida tasvirga olgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘lgandi.