O'zbekiston

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida aholiga gaz va ko‘mir yetkazib berish ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida aholiga ajratilgan gaz va ko‘mir mahsulotlarini o‘z vaqtida hamda to‘liq yetkazib berish, ularni tashish va taqsimlash jarayonlarida talon-torojlik holatlarining oldini olish bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu yo‘nalishdagi ishlar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilgan. Unda ichki ishlar organlarining sohaviy va hududiy xizmatlari rahbarlari, “Hududgazta’minot” AJ va uning hududiy bo‘linmalari mutasaddilari hamda LPG-Trade MChJ mas’ullari qatnashgan.

 

Yig‘ilishda suyultirilgan gaz ballonlarini aholiga belgilangan grafik asosida yetkazib berish, ajratilgan resurslar hisobini yuritish va tashish hamda tarqatish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, iste’molchilardan asossiz to‘lovlar talab qilish yoki mahsulotni belgilangan me’yordan kam yetkazib berish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlangan.

 

Yig‘ilishda o‘tgan bir oy davomida energetika resurslarini taqsimlash va yetkazib berish jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklar natijalari ham ko‘rib chiqilgan.

 

Jumladan, ko‘mir mahsulotlarini noqonuniy saqlash va sotish bilan bog‘liq 16 ta holat aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha jami 333 tonna 540 kilogramm ko‘mir noqonuniy muomaladan musodara qilinib, aholining ehtiyojlari uchun yetkazilgan.

 

Suyultirilgan gazni noqonuniy saqlash va sotish bilan bog‘liq 374 ta holat ham aniqlangan. Natijada 9 139 dona gaz balloni hamda 92 tonna 936 kilogramm suyultirilgan gaz musodara qilingan. Hozirda ushbu mahsulotlarni aholi iste’moliga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

 

Shuningdek, oktabr oyida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Samarqand viloyatida aholi iste’moli uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati aniqlangan.

 

Tergovga oid ma’lumotlarga ko‘ra, “Pastdarg‘omtumangaz” gaz ta’minoti korxonasi xodimlari oldindan jinoiy til biriktirib, maxsus transport vositalari yordamida aholi uchun ajratilgan uglevodorod gaziga to‘ldirilgan maishiy ballonlarni talon-toroj qilgan. Holat bo‘yicha qiymati 32 million so‘mlik jami 3 tonna 100 kilogramm uglevodorod gaz mahsuloti musodara qilingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan korxona xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandi — o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda ish doirasida boshqa tafsilotlar aniqlanmoqda.

 

Yig‘ilish yakunida ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari va hamkor tashkilotlar mutasaddilariga qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan.

 

Xususan, hududlarda gaz va ko‘mir ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish, huquqbuzarliklarning oldini olish, energetika mahsulotlarini temiryo‘l orqali tashishda yuklarning butligi va manzilga yetkazilishini nazorat qilish topshirilgan.

 

Bundan tashqari, gaz va ko‘mir tashuvchi transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash, gaz to‘ldirish shoxobchalari, omborlar hamda taqsimlash bazalarida qo‘riqlash choralarini kuchaytirish va moddiy boyliklarning talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Ularning telefonidan yana bir fuqaroni elektroshoker yordamida olib qochish rejasiga oid yozishmalar topilgan.

Bekatlarda kutish vaqti uzaydi: Toshkentda avtobuslar nega kechikmoqda?

Bekatlarda kutish vaqti uzaydi: Toshkentda avtobuslar nega kechikmoqda?

Transport boshqarmasi  avtobuslarning harakat intervali nega buzilayotganiga izoh berdi.

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Ular bir fuqaroni majburan avtomashinaga o‘tqazib olib ketgan, shuningdek, yana bir kishini elektroshoker yordamida hushsizlantirib bo‘lsa ham olib kelish haqida topshiriq olgan.

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Aktrisaning ko‘cha va bekat atrofida tasvirga olgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘lgandi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev 5-6-noyabr kunlari Ostona shahrida bo‘ladi.

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Hodisada bir kishi jarohatlangan edi.

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Maskatda O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi. Unda 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

Hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida yig‘ib olingan.