O'zbekiston

Bekatlarda kutish vaqti uzaydi: Toshkentda avtobuslar nega kechikmoqda?

Transport boshqarmasi  avtobuslarning harakat intervali nega buzilayotganiga izoh berdi.

Bekatlarda kutish vaqti uzaydi: Toshkentda avtobuslar nega kechikmoqda?

 

Toshkent shahrida avtobuslarni kutish vaqti uzaygani hamda jamoat transporti harakati belgilangan intervallarga muvofiq emasligi yuzasidan yo‘lovchilar tomonidan e’tirozlar bildirilmoqda. Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi mazkur holatga izoh berdi.

 

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda poytaxtning Shahrisabz, Amir Temur shoh ko‘chasi hamda Yangi Sergeli ko‘chalarida jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklar (BRT)ni tashkil etish va kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

 

Ushbu ishlar doirasida umumiy uzunligi 5,09 kilometr bo‘lgan yo‘l qismlarida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan:

  • Shahrisabz ko‘chasining 1 kilometrlik qismida;

  • Amir Temur shoh ko‘chasining 2,73 kilometrlik qismida. Shundan 1,43 kilometri birinchi, 1,3 kilometri esa ikkinchi bosqichni tashkil etadi;

  • Yangi Sergeli ko‘chasining 1,36 kilometrlik qismida.

 

Boshqarma tushuntirishicha, qurilish-montaj ishlari sabab ayrim yo‘l uchastkalarida transport vositalari harakatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan. Bu esa poytaxtning qator ko‘chalarida tirbandliklar ortishiga olib kelmoqda.

 

Ayniqsa, ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda transport oqimining ko‘payishi avtobuslarning belgilangan harakat jadvali va intervallariga rioya etishida kechikishlarni yuzaga keltirmoqda. Natijada ayrim yo‘nalishlarda avtobuslar orasidagi harakat oralig‘i uzayib, yo‘lovchilarning bekatlarda kutish vaqti ortmoqda.

 

Boshqarma qayd etishicha, qurilish-montaj ishlari yakunlanib, yo‘llarda transport vositalarining odatiy harakati tiklangach, mavjud tirbandliklar kamayadi. Shundan so‘ng avtobuslar harakati ham belgilangan jadval asosida barqarorlashadi.

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Ularning telefonidan yana bir fuqaroni elektroshoker yordamida olib qochish rejasiga oid yozishmalar topilgan.

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida aholiga gaz va ko‘mir yetkazib berish ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Ular bir fuqaroni majburan avtomashinaga o‘tqazib olib ketgan, shuningdek, yana bir kishini elektroshoker yordamida hushsizlantirib bo‘lsa ham olib kelish haqida topshiriq olgan.

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Aktrisaning ko‘cha va bekat atrofida tasvirga olgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘lgandi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev 5-6-noyabr kunlari Ostona shahrida bo‘ladi.

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Hodisada bir kishi jarohatlangan edi.

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Maskatda O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi. Unda 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

Hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida yig‘ib olingan.