O'zbekiston

Toshkentdagi avtobus haydovchilari endi do‘ppi kiyadi

Ayollar uchun ham milliy liboslar elementlari tanlangan.

Toshkentdagi avtobus haydovchilari endi do‘ppi kiyadi

O‘zbekiston poytaxtida jamoat transporti haydovchilari shahar hokimiyatining milliy kiyim kiyish borasidagi yangi tashabbusiga amal qila boshladi. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi har juma kuni o‘tkaziladigan “Milliy kiyim kuni” joriy etilishini eʼlon qildi. 

 

Shahar aholisi va mehmonlari o‘rtasida milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan ushbu tashabbusda davlat tashkilotlari xodimlari juma kunlari milliy liboslarda yurishadi. “Toshshahartransxizmat” farmoyishi ijrosiga alohida eʼtibor bilan yondashdi. Jumladan, 67 va 91-sonli yo‘nalishdagi avtobus haydovchilari milliy bosh kiyimlar – do‘ppilarda ish boshladi. Tashabbusga avtobus haydovchisi ayollar ham qo‘shilib, milliy liboslar elementlarini tanlashdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligi qarori bilan poytaxtdagi davlat muassasasi, idora va tashkilotlari xodimlariga har juma kuni (maxsus forma talab qilinadigan hollar bundan mustasno) milliy kiyim kiyish tavsiya etilgan edi. Tashkilotlar maʼmuriyatiga xodimlarning mazkur buyruqni bajarishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

custom img

Hokimliklarga anomal issiqda obodonlashtirish xodimlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma yuborildi

Davlat mehnat inspeksiyasi havo harorati yuqori bo‘lgan soat 10:00 dan 17:00 gacha xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ishlarni vaqtincha to‘xtatishni talab qildi.

custom img

Toshkent va uning atrofidagi issiqxonalar uchun yer hamda mol-mulk solig‘i 10 baravar oshirilishi mumkin

Isitish qozonxonalari demontaj qilingan yoki elektr energiyasi bilan isitiladigan issiqxonalarga oshirilgan mol-mulk va yer solig‘i tatbiq etilmaydi.

custom img

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol uchinchi qavatdan tushib ketdi

Bursa shahridagi o‘zbekistonlik ko‘ngillilar ayolning davolanishi va sog‘ayishiga ko‘maklashdi. Shundan so‘ng u O‘zbekistonga qaytarildi.

custom img

Toshkentda 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi yakunlandi

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 1 ta oltin va 3 ta kumush medal bilan tamomladi.

custom img

Prezident fuqarolarning ijtimoiy reyestrga kiritish bo‘yicha arizasi asossiz rad etilganini tanqid qildi

Bunday holatlar, ayniqsa, Bo‘ston, Oltinko‘l, Xovos, Toshloq, Sharof Rashidov, Uchquduq va Dehqonobod tumanlarida ko‘p uchrayotgani qayd etildi.

custom img

"Qamchiq" dovonida xavfli toshlar majburiy ko‘chirildi

Ushbu tadbir tabiiy ofatlarning oldini olish va avtomobil yo‘lida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

custom img

Samarqandda Qoradaryoda ahvoli yomonlashgan erkak qutqarib qolindi

Daryoda cho‘milayotgan fuqaroning birdan sog‘ligi yomonlashib harakatlana olmay qolgan.

custom img

Toshkentda soliq qarzi sabab ko‘chmas mulk xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, MCHJning bankdan 14 mln so‘m soliq qarzi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"