O'zbekiston

Turkiyada firibgarlar 45 ming yilga qamaldi

Ular moliyaviy piramida tashkil etgan.

Turkiyada firibgarlar 45 ming yilga qamaldi

Turkiyada moliyaviy piramida tashkil etgan aka-uka Mehmet va Fatih Aydin 45 ming yil 3 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Ularning tuzog‘iga tushgan jabrlanuvchilar soni o‘n minglab kishiga yetgan.

 

2016 yilda Aydin aka-ukalari sarmoyani onlayn o‘yin bilan birlashtirish g‘oyasini o‘ylab topishdi. Ular "Fermer banki" nomli o‘yin yaratib, foydalanuvchilarga investitsiya kiritish evaziga virtual fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish imkoniyatini taklif qilishdi. Firibgarlar bu mablag‘lar haqiqiy qishloq xo‘jaligi texnikasi, chorva mollari va boshqa aktivlarni sotib olishga sarflanishini aytishgan.

 

Shuningdek, ular ishlab chiqarilgan mahsulotlar maxsus do‘konlarda sotilishini va o‘yin ishtirokchilari bu jarayondan foyda ko‘rishini vaʼda qilishdi. Ammo haqiqat boshqacha bo‘lib chiqdi — loyiha moliyaviy piramida sifatida fosh etildi va egalaridan biri $100 milliondan ortiq mablag‘ bilan g‘oyib bo‘ldi.

 

Firibgarlarning rekord darajadagi jazo muddati ular ustidan berilgan 4 mingdan ortiq shikoyatlar bo‘yicha hukmlar yig‘indisi asosida belgilandi. Dastlab, Turkiya prokuraturasi ularni 88 ming yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qilgan edi.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Havo sifati xalqaro indeks bo‘yicha “noqulay” darajaga yetishi mumkin.

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ko‘rgazmada bolalarning xavfsizligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va kelajagini tanlash imkoniyati kabi masalalar yoritildi.

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

2027-yil 1-yanvardan liftlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yangi tartibi kuchga kiradi.

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Buyurtmachi va pudrat tashkilotiga shikastlangan qabr toshlarini tiklash majburiyati yuklatildi.

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

Shuningdek, unga avval ham qo‘pol munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

Dorixonalarga dori vositalari majburan qo‘shib sotilyaptimi? Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

O‘zbekistonda ayrim dori yetkazib beruvchilar dorixonalardan buyurtma qilinmagan preparatlarni ham sotib olishni talab qilayotgani aytilmoqda.

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

Xorijdagi 817 nafar o‘zbekistonlikning ish haqi va kompensatsiyalar bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketib, yaqin atrofdagi turar joylarga zarar yetkazdi.