O'zbekiston

Ukrainadagi urush qachon tugashi maʼlum qilindi

Bu bo‘yicha deklaratsiya 9 maygacha eʼlon qilinishi mumkin.

Ukrainadagi urush qachon tugashi maʼlum qilindi

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining tinchlik rejasiga muvofiq, ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiyni Pasxa bayramigacha Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga ko‘ndirishi mumkin.

 

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni bir kunda to‘xtata olaman deb kelgan Tramp endi urushni 100 kunda to‘xtatish ustida ishlamoqda. Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga ko‘ra, Ukrainaning siyosiy va diplomatik doiralarida 20 aprelgacha o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutuvchi qandaydir reja muhokama qilinmoqda.

 

“Bu Rossiyaning hujumini to‘xtatish, Ukrainaning NATOga qo‘shilishini taqiqlash va Kiyevdan noqonuniy bosib olingan hududlar ustidan Rossiya suverenitetini tan olishni talab qiladi”, deyiladi xabarda.

 

Bunga qo‘shimcha ravishda, Ukraina qo‘shinlari avgust oyida qarshi hujum boshlagan Rossiyaning Kursk viloyatini tark etishga majbur bo‘ladi. Tarkibiga Britaniya askarlari ham kirishi mumkin bo‘lgan yevropa harbiy kontingenti esa qurolsizlantirilgan hududni qo‘riqlash uchun jalb etiladi. AQSH qo‘shinlari ushbu kontingent tarkibiga kirmaydi.

 

 

O‘t ochishni to‘xtatish rejalarini amalga oshirish fevral oyi boshida Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti, fevral oyi oxiri — mart oyi boshida ularning uchrashuvi va 20 aprelgacha o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi rasmiy bayonot bilan boshlanadi, deyiladi xabarda.

 

Urushni to‘xtatishning kelishilgan parametrlari to‘g‘risidagi deklaratsiya 9 mayga qadar eʼlon qilinishi kutilmoqda. Shundan so‘ng Kiyevga harbiy holatni uzaytirmaslik va qo‘shinlarni safarbar qilishni bekor qilish taklif etiladi.

 

Tramp, shuningdek, urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni ishlab chiqishga ko‘maklashish uchun boshqa davlatlar vositachiligida Xalqaro tinchlik konferensiyasini tashkil etishni xohlaydi.

 

Eʼlon qilingan rejalarning ko‘plab bandlari Ukraina tomonidan yon berishni nazarda tutadi. Ammo Tramp Amerika  ukrainalik harbiylarni qo‘llab-quvvatlashini davom ettirishni, 2030 yilgacha Yevropa ittifoqiga aʼzo bo‘lish imkoniyatini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

 

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Yanvar–oktabr oylarida Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Jo‘mrakdan zanglagan suv oqsa, uni qisqa muddat oqizib yuborish, suv tiniqlashmasa, boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryo, Navoiy, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

Jabrlanuvchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan psixologik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

Jabrlanuvchi voyaga yetmaganligi sababli sud majlisi yopiq tarzda o‘tkaziladi.

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Doniyor Soliyev vazirlikning Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti tarkibidagi boshqarmaga rahbar bo‘ldi.

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

Bojxona qo‘mitasi telefonlar 30 kungacha olib qo‘yilishi va tezkor rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Maktabda elektron doska uchun ota-onalardan pul yig‘ildimi? Holat o‘rganilmoqda

Maktabda elektron doska uchun ota-onalardan pul yig‘ildimi? Holat o‘rganilmoqda

Samarqanddagi maktabda ota-onalardan pul yig‘ilgani haqidagi xabar yuzasidan ishchi guruh tuzildi.