Jahon

AQShda tuxum inqirozi kuzatilmoqda

Restoranlar narxlarni oshirdi, do‘konlarda o‘g‘irlik avj olmoqda.

AQShda tuxum inqirozi kuzatilmoqda

AQShda tuxum narxining keskin oshishi jamoat ovqatlanish joylarini qiyin ahvolga solib qo‘ydi, xaridorlarni esa moliyaviy imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. So‘nggi ikki yil ichida tuxum narxi o‘rtacha 65 foizga oshdi, shundan 40 foiz o‘sish faqatgina 2023-yil dekabridan 2024-yil dekabrigacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi.

 

Bu inqirozning asosiy sababi 2022-yildan beri davom etayotgan parranda grippi epidemiyasi bo‘lib, u AQShdagi 145 milliondan ortiq tovuq va boshqa uy parrandalarining yo‘q qilinishiga olib keldi. 2024-yil oxirida kasallik yana avj oldi va faqat noyabr-dekabr oylarida 17 million parranda yo‘q qilindi.

 

Natijada tuxum narxi keskin ko‘tarildi: 2024-yil dekabrida 12 dona tuxum o‘rtacha 3,65 dollardan sotilgan bo‘lsa, yanvar oxiriga kelib narx 4,15 dollarga yetdi. AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda narx yana 20 foizga oshishi kutilmoqda.

 

AQSh Milliy restoran assotsiatsiyasi (NRA) tuxum tanqisligidan eng ko‘p zarar ko‘rgan joylardan biri umumiy ovqatlanish sohasi ekanligini ta’kidlamoqda.

 

Georgia shtatida joylashgan mashhur Waffle House tarmog‘i, mamlakat bo‘ylab 2 mingdan ortiq restoranlarga ega bo‘lib, har yili 272 million tuxum iste’mol qiladi. Ushbu tarmoq tuxum taqchilligi sababli har bir tuxumga qo‘shimcha 50 sent narx qo‘shishga majbur bo‘ldi.

 

Komila Odilova tayyorladi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.