Jahon

Yer harorati rekord darajada isimoqda

Asosiy sabab atmosferada issiqxona gazlarining to‘planishi.

Yer harorati rekord darajada isimoqda

Amerikalik olim Jeyms Hansen va uning hamkasblari global isish tobora kuchayib borayotganini maʼlum qildi. Ularning bu haqdagi tadqiqoti “Environment: Science and Policy for Sustainable Development” jurnalida eʼlon qilindi.

 

Tadqiqotchilarning xulosalari ilmiy jamoatchilik orasida bahsli bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, Copernicus dasturi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yil yanvar oyi 2024 yilning shu oyiga nisbatan 0,09 daraja (0,16°F) issiq bo‘ldi. 2024 yilning yanvari esa shu paytgacha kuzatilgan eng issiq yanvar bo‘lib, o‘rtacha harorat sanoatgacha bo‘lgan davrdagi ko‘rsatkichdan 1,75 daraja (3,15°F) yuqori bo‘lgandi.

 

Bundan tashqari, so‘nggi 19 oydan 18 tasida global harorat xalqaro kelishuvlarda belgilangan 1,5 daraja (2,7°F) chegarasiga yetgan yoki undan oshib ketgan.

 

Nima sababdan global harorat oshmoqda?

 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, asosiy sabab atmosferada issiqxona gazlarining to‘planishi. Biroq tabiiy omillar kutilganidan boshqacha taʼsir ko‘rsatmoqda. Yevropa meteorologiya agentligining iqlim bo‘yicha strategi Samanta Berdjessning tushuntirishicha, ekvatorial Tinch okeanidagi tabiiy o‘zgarishlar odatda global haroratga katta taʼsir qiladi.

 

Masalan, El-Ninyo (Markaziy va Sharqiy tropik Tinch okeanida dengiz sathining harorati ko‘tarilishi bilan bog‘liq tabiiy iqlim hodisasi) kuchayganda global harorat keskin ko‘tariladi. 2024 yilda kuchli El-Ninyo kuzatilgan bo‘lsa-da, u iyun oyida tugagan, biroq yil rekord darajada issiq bo‘lgan.

 

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"