O'zbekiston

JSST onkologik kasallikka chalingan bolalarga bepul dori-darmonlar yetkazib beradi

Loyihada qatnashish uchun yana oltita davlat taklif qilingan.

JSST onkologik kasallikka chalingan bolalarga bepul dori-darmonlar yetkazib beradi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bolalarni onkologik kasalliklardan bepul davolash bo‘yicha yangi dasturni ishga tushirdi.

 

Unga ko‘ra, ushbu pilot loyihada ishtirok etuvchi davlatlardagi bemor o‘g‘il-qizlar saratonga qarshi yuqori sifatli dori vositalari bilan uzluksiz taʼminlanadi.

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, farmatsevtika mahsulotlarining dastlabki partiyasi Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonga, keyingi bosqichda Ekvador, Iordaniya, Nepal va Zambiyaga yetkaziladi.

 

Umuman, joriy yil davomida ushbu dastur oltita davlatdagi kamida 30 shifoxonada muolaja olayotgan 5000 nafarga yaqin bolalarni qamrab oladi.

 

Bu bejiz emas, albatta. Chunki, JSST tahlillarida keltirilishicha, dunyo bo‘yicha har yili qariyb 400 ming nafar o‘g‘il-qizga saraton tashxisi qo‘yilmoqda. Ularning hayot davomiyligini uzaytirish hamda salomatligini tiklash yuqori samaradorlikka ega dori-darmonlarni talab qiladi.

 

Loyihada qatnashish uchun yana oltita davlat taklif qilingan. Umuman, kelgusi 5-7 yil ichida bu ko‘rsatkichni 50 taga yetkazish maqsad qilingan. Bu orqali onkologik xastaliklardan aziyat chekayotgan 120 mingga yaqin bolalarga beg‘araz tibbiy yordam ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

custom img

YPX motosikllari bilan to‘qnashgan Onix haydovchisi vafot etdi

Hodisa oqibatida patrul motosiklini boshqarib kelgan YPX xodimi voqea joyida vafot etgan edi.

custom img

Jizzaxda qorovul 4 yil davomida ishlagan korxonasida o‘g‘rilik qilgani aniqlandi

Qorovul navbatchilik kunlari mahalladoshlari bilan korxonadan generator va tikuv mashinalarini olib chiqib sotgani aniqlandi.

custom img

Kosonda hokim o‘rinbosari fuqaro bilan janjallashgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Buxoro va Qashqadaryoda yer uchastkalarini rasmiylashtirish evaziga pora olgan mansabdorlar ushlandi

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Suv xo‘jaligida sog‘lom va zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etilmoqda

Yangi tizim doirasida suv infratuzilmasi loyihalari yagona elektron platformaga o‘tkaziladi.

custom img

Namanganda daryoda cho‘kib ketgan bir nafar fuqaroning jasadi topildi

Joriy mavsum davomida cho‘milish taqiqlangan hududlarda suvga tushish oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Davlat rahbari Ostona shahrida “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"