O'zbekiston

Toshkentda noqonuniy qum qazib olayotganlar ushlandi

Tekshiruvda tabiatga 100 mlrd zarar yetkazilgani aniqlandi.

Toshkentda noqonuniy qum qazib olayotganlar ushlandi

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan Bekobod tumani “Farhod” MFY hududida navbatdagi ekologik nazorat tadbiri o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda qum qazib olinayotganligi aniqlandi.

 

Holat yuzasidan o‘rganish olib borilganda, tabiatga 100 milliard 627 million 800 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.  Holatga huquqiy baho berish uchun to‘plangan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

 

Maʼlumot uchun, avvalroq Samarqandda aynan noqonuniy qum-shag‘al qazish bilan bog‘liq ikkita holatda tabiatga 800 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgandi.

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari arab tilida taqdim etildi

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari arab tilida taqdim etildi

Olti bob va xotimadan iborat kitobda «Davlat — inson uchun» va «Inson qadri uchun» tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakat taraqqiyotining ustuvor vazifalari hamda davlat va jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar tahlil qilingan.

Toshkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi boshlandi

Toshkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi boshlandi

Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari ishtirokida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan xalqaro forumlar o‘tkazilmoqda.

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Yil davomida vizasiz bo‘lish muddati jami 180 kundan oshmasligi lozim.

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Toshkentda ko‘chalardagi ichimlik suvi sotadigan avtomatlardagi pullarni o‘g‘irlash holatlari aks etgan videolar tarqaldi.

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Hozirda korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish masalasida sudga murojaat qilish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish haqida axborot berilishi shart.

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Noqulay ob-havo elektr uzatish tarmog‘i tayanchlaridan birining qulashiga sabab bo‘ldi.

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Guruh a’zolari ikki fuqaro o‘rtasidagi qarz munosabatiga aralashib, 11 ming dollarni zo‘ravonlik bilan qo‘lga kiritgani aytilmoqda.